Abdusaitova maftuna sadriddin qizining bitiruv malakaviy ishi mavzu: ertak va topishmoqlar vositasida


Download 451.93 Kb.
bet17/17
Sana19.06.2023
Hajmi451.93 Kb.
#1609447
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BITIRUV M.I. ABDUSAITOVA MAFTUNA

Kutilayotgan natijalar: Bolalar ertakni qayta hikoya qilishga o`rganadilar.
Kerakli jihozlar: «Bo`ri va echki bolalari» ertagiga doir stol teatri. Suratlar:[/b] sandiq, kosa, somsa, soat, atlas.
Mashg`ulotning borishi
Tarbiyachi bolalarga «Bo`ri va echki bolalari» ertagini so`zlab beradi. Keyin so`raydi: «Echki o`rmonga nima uchun ketar ekan? (Barra o`tlarni yemoq, tiniq suvlarni ichmoq uchun). Bolalari – echkichalar nima qilishar ekan? (uyning eshigini mahkam yopib olishar, o`zlari hyech qayoqqa chiqishmas ekan). Echki uyiga qaytib kelganda qanday qo`shiq aytar ekan? (tarbiyachi echki qo`shig`ini yana bir marta eslatadi).
Echkining qo`shig`ini kim eshitib qoldi? (bo`ri). U qo`shiqni qanday ovoz bilan aytdi? (yo`g`on, juda yo`g`on ovozda). Echkichalar bo`rini uylariga kiritishdimi? (yo`q). Ona echki uyiga qaytib kelganda nima dedi? (birov yo`g`on ovoz bilan qo`shiq aytsa eshikni ochmanglar, uyga kiritmanglar).
Tarbiyachi ertakni yana bir marta hikoya qilib beradi. Stol teatridan foydalanib, bolalarga bu ertakni o`ynashni tavsiya etadi.
«Echkilarni boq» o`yini. Tarbiyachi cho`pon bo`ladi. Bolalar esa echkilar. Bolalar o`tloqda sayr qilib yurishadi. Echkilar o`tloqdan «molxonaga» kelishganda «meye-meye»deb me`raydilar. Ular ovqat so`rashadi. Tarbiyachi bolalarga bittadan olma yoki sabzi beradi.
Tarbiyachi quyidagi so`z o`yinlarini aytadi, bolalar esa birgalikda va yakka-yakka takrorlaydilar: «sa-sa-sa», «ariqdan sakra», «sa-sa-sa» «men yedim somsa».
Tarbiyachi bolalarga suratlarni navbat bilan ko`rsatadi va «kosa, sandiq, savat» so`zlarida «S» tovushini ajratib, ikki martadan talaffuz qiladi. «Bu so`zlardagi «S» tovushini ajratib aytishni so`raydi. Bolalardan «kosa, sandiq, savat» so`zlari so`zlarini yana bir bor takrorlashni taklif qiladi (3-4 bola takrorlaydi).
Mashg`ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so`zlar bilan rag`batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ertakning nomi nima ekan?
2.Echki o`rmonga nima uchun ketar ekan?
3. Echki bolalari – echkichalar nima qilishar ekan?
4. Echki uyiga qaytib kelganda qanday qo`shiq aytar ekan?
5. Echkining qo`shig`ini kim eshitib qoldi?
6. U qo`shiqni qanday ovoz bilan aytdi?
7. Echkichalar bo`rini uylariga kiritishdimi?
8. Ona echki uyiga qaytib kelganda nima dedi?
9. Ertak qanday yakunlandi?

1D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). – T.: «Barkamol fayz media», 2018, – 7-b.

2 D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). – T.: «Barkamol fayz media», 2018, – 11-b.

3 Afzalov M. O'zbek xalq ertaklari haqida. -T. :Fan, 1964.

4 Madayev O. O'zbek xalq og'zaki ijodi o'quv qo'llanma.-T.: "Mumtoz so'z", 2010.

5 Madayev O., Sobitova T. Xalq og'zaki poetik ijodi. T., 2010.

6 Husainova Z. O‘zbek topishmoqlari.-T., "Fan", 1966.


Download 451.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling