Mavzu: «Ikki echki» o`zbek xalq ertagi asosida qayta hikoya qilishni mashq qilish
Maqsad: Asarni qayta hikoya qilib berishga o`rgatishni davom etish.
Vazifalar: Bog`langan nutqni rivojlantirish. So`zlarni aniq va burro aytish. «X»tovushini to`g`ri va aniq talaffuz etishga erishish.
Kutilayotgan natijalar: Bolalarning bog`langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi. Bolalar tarbiyachi yordamida ertakni hikoya qilib bera oladilar.
Kerakli jihozlar: Ertak asosida qahramon persanajlari.
Mashg`ulotning borishi.
Tarbiyachi: «Bugun bolalar, men sizga ikkita o`jar echki haqidagi ertakni o`qib beraman. (Tarbiyachi ertakni o`qib beradi). So`ngra bolalar bilan savol-javob o`tkazadi.
Ertak bo`yicha savollar:
1. Kunlardan bir kuni qanday voqyea yuz beribdi?
2. Echkilar nima qilishibdi?
3. Echki qanday qilib do`q qilibdi? Ohangini keltirib
aytib bering.
4. Ikkinchi echki qanday do`q bilan javob beribdi?
Ohangini keltirib aytib bering.
5. Echkilar uchrashuvi nima bilan tugabdi?
Endi kim ertakni boshidan qayta hikoya qilib beradi?
(3-4 bola javoblari).
Barmoqlar mashqi.
Tarbiyachi bolalar bilan barmoqlar mashqini o`tkazadi. Buning uchun bolalar ikki guruhga bo`linib turadilar, tarbiyachi she`rni o`qib turadi va bolalar harakatni bajaradilar.
Shoxdor echki
Shohdor echki kelmoqda,
Bolalarni ko`rmoqchi.
Kim ichmasa sutini,
Kim yemasa oshini,
Suzib oladi uni.
Qo`lning ko`rsatkich barmog`i va jimjilog`idan boshqalari bukilgan. Bu -"echki". "Suzib oladi uni" qatori aytilganda, bolalar bir- birlariga qarab barmoqlarini qimirlatadilar.
Ertakni sahnalashtirish. ( barmoq, soya, paxmoq, qo`g`irchoq teatri bo`lishi mumkin)
Tarbiyachi mashg`ulot yakunida barcha bolalarni shirin so`zlar bilan rag`batlantiradi.
Mashg`ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so`zlar bilan rag`batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Kunlardan bir kuni qanday voqyea yuz beribdi?
2. Echkilar nima qilishibdi?
3. Echki qanday qilib do`q qilibdi?
4. Ikkinchi echki qanday do`q bilan javob beribdi?
5. Echkilar uchrashuvi nima bilan tugabdi?
6.Endi kim ertakni boshidan qayta hikoya qilib beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |