Abdusaitova maftuna sadriddin qizining bitiruv malakaviy ishi mavzu: ertak va topishmoqlar vositasida


Download 451.93 Kb.
bet16/17
Sana19.06.2023
Hajmi451.93 Kb.
#1609447
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BITIRUV M.I. ABDUSAITOVA MAFTUNA

Kerakli jihozlar: «Bo`g`irsoq» stol teatri, o`yinchoqlar: mushuk, mushukcha, kuchuk-kuchukcha, kitob-kitobcha, mashina....
Mashg`ulotning borishi
Tarbiyachi ertakni stol teatri orqali sahnalashtirib bolalar bilan birgalikda 2 marta hikoya qiladi. Keyin tarbiyachi stol teatri personajlarini tarqatadi va ertakni yana bir marta hikoya qilishni taklif etadi. Uni o`zi boshlaydi. Davomini bolalar mustaqil hikoya qiladilar, (birinchi bola «Bo`g`irsoq quyonchani uchratibdi» so`zigacha, ikkinchisi «Bo`g`irsoq men seni yeyman»- debdi quyon deb aytadi va h.k.).
Tarbiyachi: bolalar. quyon, ayiq, bo`rilar bo`g`irsoqni ko`rganda nima dedilar? «Bo`g`irsoq, bo`g`irsoq! Men seni yeyman»
Ayyor tulki-chi u bo`g`irsoqni ko`rganda nima dedi? «Salom bo`g`irsoq! Qanday yumaloq, chiroyli, qip-qizilsan-a!» Tulki bo`g`irsoqni maqtab aldadi. Bo`g`irsoq uni aldayotganini payqamadi. Bo`g`irsoqning sayohati achinarli tugadi. Qanday tugadi? (Tulki uni «xap» etib yeb qo`yibdi.)
«So`zlar o`yini»
Tarbiyachi: Bolalar hozir «So`zlar» o`yinini o`ynaymiz. Men bir so`z aytaman, siz kichraytirib aytasiz. [i](uy-uycha, mushuk-mushukcha, kuchuk-kuchukcha, kitob-kitobcha....
Mashg`ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so`zlar bilan rag`batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
-Ertakning nomi nima ekan?
- Bo`g`irsoq kimlarni uchratibdi?
-Quyon, ayiq, bo`rilar bo`g`irsoqni ko`rganda nima dedilar?
- Ayyor tulki-chi u bo`g`irsoqni ko`rganda nima dedi?
- Bo`g`irsoqning sayohati qanday tugadi?
- So`zlar o`yinini takrorlaymiz: uy-uycha, mushuk-mushukcha, kuchuk-kuchukcha, kitob-kitobcha.

Mavzu: Tarbiyachi bilan birgalikda «Bo`ri va echki bolalari» ertagini qayta hikoya qilish.
Maqsad: Bolalarni ertakni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil) qayta hikoya qilishga o`rgatish .
«S» tovushini (alohida va so`zda) to`g`ri va aniq talaffuz etishga o`rgatish.

Download 451.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling