Internet tarmog`i bo’yicha veb-saytlar ro’yxati:
1. www.ziyonet.uz
2. www.google.uz
3. www.referat.uz
4. www.uzedu.uz
ILOVALAR
“Sholg‘om” ertagi.
Maqsad: Bolalarni ertak qahramonlari bilan tanishtirish. Ertak vositasida nutqini o'stirish.
Vazifa: Bolalarda tarbiyachining nutqini tinglash va tushunish, berilgan savollarga tortinmasdan javob berish malakasini shakllantirish.
Kutalayotgan natijalar: Bolalar "SHolg‘om" ertagini tarbiyachi bilan birgalikda sahnalashtirishga o‘rganadilar.
Jihozlar: "Sholg‘om" stol teatri.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi ertakni stol teatri orqali sahnalashtirib, bolalar bilan birgalikda 2 marta hikoya qiladi. So‘ngra tarbiyachi ertak qahramonlarini tarqatadi va ertakni yana bir marta ko‘rsatib berishni taklif qiladi. Uni o‘zi boshlaydi, davomini bolalar aytishlariga imkoniyat yaratadi. (birinchi bola "Buvi nabirasini chaqiradi jumlasigacha, ikkinchisi "Nevarasi kuchukchani chaqiradi"jumlasigacha aytadi va h.k.").
Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Hozir biz ham sholg‘om ekamiz. (bolalar sholg‘om ekadilar). Sholg'omingiz katta bo‘libdi. Ko‘rsatinglar-chi! (Bolalar sekin oyoq uchida turib qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar, mashq bir necha marta o‘ynaladi.).
Tarbiyachi: Bolalar, bobo, buvi, nevarasi sholg‘omni yuvib, tozalab sholg‘om sho‘rva qilib ichishibdi. Sholg‘om sho‘rvani ichishganda "Mazali sholg‘om ekan" deb maqtashibdi. Lekin kuchukcha, mushukcha, sichqoncha ularga qarab o‘tirishibdi. Boboning nevarasi ularga boshqa ovqat olib kelibdi: kuchukchaga suyak, mushukchaga sut, sichqonchaga non bo‘lagi. Bolalar mushukchaga "Ol mushukcha, sut ich", kuchukchaga "Ol kuchukcha suyakni gaji", sichqonchaga "Ol , sichqoncha non bo‘lagini ye" deb birgalikda aytishadi.
Tarbiyachi bolalardan kim nima qilayotganini qaytarib so‘raydi. Bolalar bobo, buvi, nevarasi sholg‘om sho‘rva, kuchukcha suyak, mushuk sut, sichqon non bo‘lagini yeganini aytishadi.
Mashg'ulot so'ngida bolalar rag'batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |