Mavzu: Asarni qayta hikoya qilish «Maqtanchoq quyon» o`zbek xalq ertagi
Maqsad: Bolalarning badiiy asarlarni qayta hikoya qilish malakasini o`stirish. Adabiy asarlari mazmunli, mantiqiy izchillikda so`zlab berishga o`rgatish.
Vazifalar:
• Kitobdagi rasmlarga qarab ertakning mazmunini gapirib berishga o`rgatish
• Asar qahramonlarining suhbatini ifodali so`zlab berishga o`rgatish.
Mashg`ulot uchun jihoz: Ertak uchun ishlangan rasmlar.
Mashg`ulotning borishi:
Bugun men sizga maqtanchoq quyon haqida ertak o`qib beraman. Diqqat bilan eshiting. Tarbiyachi ertakni ifodali qilib o`qib beradi.
Ertak asosida savollar:
1.Ertak nima haqida ekan?
2. Ertakdagi quyon sizga yoqdimi?
3. U qanday ekan? (Qo`rqoq, yolg`onchi)
4.Quyon sheriklariga nima deb maqtanibdi va quyon bilan qanday voqyea ro`y beribdi?
5. Quyonning qaysi so`zlari uni maqtanchoq ekanligini bildiradi?
Savol-javobdan so`ng tarbiyachi ertakni yana bir bor o`qib beradi.
Tetiklashtiruvchi mashq
Quyoncha
Dikir-dikir sakraydi
Uzun quloq quyoncha.
Mahkam ushlab qo`lida
Sabzisini quyoncha.
Barmoqlar tugiladi. Ko`rsatkich hamda o`rta barmoq ko`tarilib u yon-bu yon qimiriatiladi. So`ngra 3-4 bola kitobdagi rasmlarga qarab ertakning mazmunini gapirib beradi.
Mashg`ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so`zlar bilan rag`batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Qanday ertak eshitdingiz?
Quyon nima deb maqtanibdi?
Quyon qanday ekan?
Mavzu: Bolalarni «Bo`g`irsoq» ertagini tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilishga o`rgatish.
Maqsad: Bolalarga ertakni tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilishga o`rgatish.
Vazifalar: «cha» qo`shimchasi yordamida yasalgan so`zlarning ma`nosini tushuntirish. Predmetlarning nomini to`g`ri aytishga o`rgatish.
Kutilayotgan natijalar: Bolalarni «Bo`g`irsoq» ertagini tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilishga o`rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |