Abdusattorovichning iqtisodiyot


to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana21.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1367695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
IKTISODIYOT FANIDAN BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING UNSURLARI IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH

to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va 
miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi va resurslarni etkazib beradi. 
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil 
qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘ziga xos javob bo‘ladi. 
Bunda uchta uzviy bog‘liq masalaga e’tibor beriladi: 
- resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi; 
- korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi; 
- har bir korxona resurslarining uyg‘unlashuvi va texnologiyani tanlash. 


Bozor tizimi, resurslarni, avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega 
tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan 
tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga 
layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi. 
Korxonalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq: mavjud 
texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning oqilona 
uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha 
aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab 
chiqarishga resurslarni eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi. 
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo‘ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi. 
Ayni paytda resurslarni taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt 
o‘tishi bilan iste’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi 
texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta 
o‘zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo‘lib qolishi mumkin.
Iste’molchi dididagi o‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim 
tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu 
o‘zgartirish resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kengayib boruvchi 
tarmoq resurslarga ko‘proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni 
kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o‘zgarishi, 
resurslarni qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi. 
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurslar taklifi 
tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi. 
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib 
tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi 
vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi 
korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi 
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. SHunday qilib, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan 
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. 
Qisqacha xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim 
uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha 
javob beriladi: 
a) yuqori foyda beradigan tovarlar va xizmatlar barcha to‘lovga layoqatli 
iste’molchilar talabiga etarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini 
beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; 
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan 
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling