Abdusattorovichning iqtisodiyot


-chizma Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana21.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1367695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
IKTISODIYOT FANIDAN BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING UNSURLARI IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH

3.2-chizma
Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Замонавий бозор хўжалиги моделлари 
Мезонлар 
Давлат 
дастурларининг 
мақсадга 
йўналтирилганлиги
Иқтисодиётни 
тартибга солиш 
тамойиллари 
Давлат секторининг 
иқтисодиётдаги 
улуши 
Корпоратив 
иқтисодиёт
Аралаш 
иқтисодиёт 
Ижтимоий 
йўналтирилган 
бозор иқтисодиёти 
Фуқаролар 
манфаатларини 
ҳимоя қилиш 
Узоқ муддатли 
дастурларнинг 
ишлаб
чиқилиши 
30% 
Тадбиркорликни 
ривожлантириш 
бўйича шарт-
шароитлар яратиш 
Тактик усуллар-
дан устун равиш-
да
фойдаланиш 
10%
атрофида 
Йирик ишлаб 
чиқариш ман-
фаатларини 
ҳимоя қилиш
Асосий устувор-
ликларни 
белгилаб олиш 
Аҳамиятсиз 
даражада 


 
 
 
 
 
 
2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning 
hal qilinishi 
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini tanlagan 
har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal 
bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy 
tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish 
kerak bo‘ladi:
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? 
2) ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida 
ishlab chiqariladi? 
3) bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha – «nima, qanday qilib, 
kim uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. 
Bu muammolar an’anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar 
davomida mavjud bo‘lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa 
omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda 
markazlashtirilgan holdagi rejalashtirish orqali hal etiladi.
Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda 
bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-
qoidalaridan kelib chiqadi. 
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va 
taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo‘lgan resurslar qanday hajmda band 
qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga 
olinishi lozim.
Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda 
olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. SHu bilan birga mahsulot va 
xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga 
olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda 
keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona 
foydasi hajmini tovarni sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab 
chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning 
kengayib borish tamoyili amal qiladi. CHunki foyda darajasining nisbatan 
yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib o‘tishini 
ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi o‘zini 
o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. CHunki tarmoqqa yangi korxonalarning kirib 
Кўрсатилган 
мезонларга мувофиқ 
келувчи
давлатлар
Германия 
АҚШ 
Япония, Швеция 


kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. 
Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning 
yo‘qolishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa 
chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo‘lgan holdagi 
nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini belgilab beradi. SHu vaziyatda 
tarmoq ishlab chiqarishning «muvozanatli» hajmiga etadi. Bozor talabi yoki 
taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O‘z-
o‘zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan 
holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida 
zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo‘lgan tarmoqda ishlab chiqarish 
hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-
asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit 
yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va 
faoliyati barqarorlashadi. 
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi 
alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilarning tovarlarni sotib 
olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga etsa, korxona 
ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining 
ko‘payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda 
keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining 
qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining 
talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol 
o‘ynaydi. 
SHuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko‘p darajada 
resurslarni etkazib beruvchilarga ham bog‘liq. Resurslarga bo‘lgan talab – bu 
hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va 
xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqadi. O‘z daromadlarini yuqori darajaga 
etkazishda resurslarni etkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi 
shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlarni ishlab 
chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalarning 
resurslarga bo‘lgan talabi kuchayadi. 
Qisqasi, iste’molchining afzal ko‘rishi uning talabi orqali namoyon bo‘ladi. 
Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslarni etkazib beruvchilar o‘z manfaatlarini 
ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling