Abdusattorovichning iqtisodiyot


 Bozor va uning vazifalari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana21.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1367695
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
IKTISODIYOT FANIDAN BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING UNSURLARI IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH

 
4. Bozor va uning vazifalari 
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib, 
iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha 
mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. 
Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan 
farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. CHunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir 
xil ma’noda ifodalash, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki 
ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti 
shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan 
bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga 
oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr 
mobaynida rivojlanishi natijasi bo‘lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi 
va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab 
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor 
esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. 
Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, 
ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin 
uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo‘lib, mazmuni 
o‘zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish 
mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi 
bilan bog‘liq bo‘lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va 
dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni 
anglatgan. 
1
Қаралсин: Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф 
этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 8-б. 


Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar 
almashuv joyi sifatida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, 
shaharlarning paydo bo‘lishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-
sotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T – T ko‘rinishida, ya’ni 
bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bo‘lgan. Bunday 
ayirboshlashda vaqt va masofa bo‘lmay, bir vaqtning o‘zida o‘sha joyda almashuv 
jarayoni sodir bo‘lgan. Keyinchalik tovarlarni bunday tarzda ayirboshlashning 
ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish 
jarayoni ikkiga ajralgan va T – P – T ko‘rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T – P) 
va sotib olish (P – T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. CHunki 
sotuvchi o‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshlab, o‘ziga kerakli tovarni boshqa 
vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan 
savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan 
ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo 
bo‘ldi. 
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul 
harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini 
bog‘laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham 
bir-birlari bilan uchrashishi shart bo‘lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali 
aloqa qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni 
o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli 
sifatida namoyon bo‘la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim 
tovar – ishchi kuchining paydo bo‘lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning 
mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina 
emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali 
o‘tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita – bozor orqali sodir bo‘la boshladi. 
SHunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan 
iste’molchilarning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga 
bo‘lgan ta’sirini bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini 
ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor – ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash 
jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi. 
Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida 
ayirboshlash;
- sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
- to‘lovga layoqatli bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik. 
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, 
ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi 
davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir. 
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar 
oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni 
sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha, 


bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, 
sotuvchilar zarar ko‘radilar. SHuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, 
no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa ham zarar 
oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning 
barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi – bozor 
iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni 
uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar. 
Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning ob’ekti va sub’ektini ajratib 
ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bozor ob’ekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan 
iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan 
moliyaviy aktivlar. 
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari, 
avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat 
tovarlari do‘koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, 
yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari 
bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don 
birjalari va auksion kabilar bozorning yuqori darajada rivojlangan ko‘rinishlaridir.
Bozor sub’ekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor sub’ektlari 
ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozor munosabatlarining turli 
vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, 
xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z sub’ektlari manfaatini bir-biriga 
bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar 
o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo‘lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud bo‘lib, 
ular hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va 
xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu 
erda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan 
tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo‘lib xizmat 
qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul 
shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor 
tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor 
qiymati hosil bo‘ladi. 
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning uzluksiz 
takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun 
yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy 
resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan 
mablag‘lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan 
sarflangan ishlab chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor 
orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida 
taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo‘lgan talabini 
bildiradi. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib 
beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o‘rtasida 
taqsimlanib turadi. 


Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va 
narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, 
qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. 
Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan 
tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. 
SHuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari 
ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus 
chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin (5.3-chizma).

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling