Abduvohid Xudoyberdiev Badea Muhitdinova
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot oqitish metodikasi
1
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Abduvohid Xudoyberdiev Badea Muhitdinova ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI FANIDAN MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI (Mustaqil ish turlari, testlar, yakuniy nazorat bo‘yicha toifali savollar, yozma ish variantlari) Uslubiy qo‘llanma (5220100-Filologiya (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi uchun)
2
ББК 74. 261. 8 Х-87 A.Xudoyberdiev, B.Muhitdinova. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanidan mustaqil ish topshiriqlari.
(Mustaqil ish turlari, testlar, yakuniy nazorat bo‘yicha toifali savollar, yozma ish variantlari).
Uslubiy qo‘llanma. (5220100-Filologiya (o‘zbek filologiyasi)
yo‘nalishi uchun). Samarqand. SamDU nashriYoti, 2014 yil 48 bet.
Adabiyot o‘qitish metodikasi fanidan mustaqil ishlar uslubiy qo‘llanmasi 5220100-Filologiya (o‘zbek filologiyasi) ta`lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, III bosqich o‘zbek filologiyasi bakalavr talabalarining shu fanni mustaqil o‘zlashtirishlariga yo‘llanma vazifasini o‘taydi. Mazkur qo‘llanma bakalavrlar, magistrlar, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.
Masul muharrir: dots. Mardonqul Boltaуev.
Taqrizchilar:
prof. Ibodulla Mirzaev,
Dots. Faxriddin Shodiev.
Universitet o‘quv-uslubiy kengashining 2013 yil 20 dekabrgi 4-raqamli bayonnomasi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
3
“Adabiyot o‘qitish metodikasi fanidan mustaqil ish topshiriqlari” uslubiy qo‘llanmasida shu fan o‘quv dasturiga kiritilgan bakalavrlarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim vazirligining 2008 va 2011 yillardagi namunaviy o‘quv dasturlari asosida 60 soatlik (ma`ruza, amaliy mashg‘ulot va seminarlar) mashg‘ulotlari davomida olingan bilimlarni tadrijiy ravishda o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Uslubiy qo‘llanmada namunaviy o‘quv dastur asosida mavzular ketma-ketligiga rioya qilingan. Unda 15 ta mavzularning har biri bo‘yicha test topshiriqlari tuzilgan, yakuniy nazoratlarning oddiy, o‘rtacha, murakkab variantlari ishlab chiqilgan. U bilan birgalikda ishda adabiyot o‘qitish metodikasi fanining fan sifattida, boshqa fanlar bilan aloqasi, metodika fani tarixi, adabiyot o‘qitishda yangi tamoyillar, umumta`lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida adabiyot o‘qitish bosqichlari, adabiyotdan kirish mashg‘ulotlari, ko‘rsatmali vositalardan foydalanish va uning turlari, badiiy asar tahlili, ta`limda an`anaviy va noan`anaviy darslar, zamonaviy pedagogik innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchi va talabalarning yozma nutqi, muammoli o‘qitish, nazm darslari, adabiyot o‘qituvchisining qirralari, dars metodlari va usullari, yakunlovchi mashg‘ulotlar, takrorlash darslari va uni tashkil etish kabi masalalar mazmun mohiyati bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan.
4
uni baholash mezonlari. Ma`lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur`atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma`lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish juda murakkab.
Shu nuqtai nazardan maktab, kollej, litseylarga nisbatan oliy ta`limda talabalarni ko‘proq mustaqil o‘qishiga, bilim olishiga alohida e`tibor berilyapti. SHu o‘rinda talaba mustaqil ishi nima?, uni baholash mezonlari qanday? degan savol tug‘iladi. Talaba mustaqil ishi muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma`lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi tavsiyasiga asosan auditoriyadan tashqari o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
Mustaqil ishni baholash mezonlari quyidagicha. Samarqand davlat universiteti o‘quv-metodik kengashining 2009 yil 22 avgustdagi va universitet ilmiy kengashining 2009 yil 29 avgustdagi majlisida tasdiqlangan «Yo‘riqoma» ning 14 bandida talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishiga umumiy yuz ballning 20 balini ajratish mumkinligi ko‘rsatilgan.
Bu 20 ball: JN uchun 7 ball, ON uchun 7 ball, YaN uchun 6 ball miqdorida taqsimlanishi tavsiya qilingan. Masalan, JN ning (7 ball hisobidan) auditoriyadagi mutaqil ishiga 3 ball, auditoriyadan tashqari bajariladigan mustaqil ishiga 4 ball ajratish mumkin. ON (7 ball hisobidan) bitta bo‘lsa 7 ball, 2 ta ON bo‘lsa 7 balldan 14 ball berish mumkin, YaN ning savollaridan bittasiga 6 ball berish mumkin. Talaba mustaqil ishining shakllariga qaysilar kiradi?
Talabalar mustaqil ishining shakllarini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin. Birinchi turi auditoriyada, joriy, oraliq nazoratlarda amalga oshiriladi; - amaliyot, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorlanib kelish; - savol-javob, suhbat, munozaralarda ishtirok etish; - nazorat ishlarini olish (test, Yozma ish v.h.); - amaliy topshiriqlarni, uy vazifalarni bajarish; - test, munozarali savollar tayyorlab kelish, maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash, hisob-kitob, grafik ishlarini bajarish. Ikkinchi turiga ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular kiradi: - ma`lumotlarni izlab topish; - ma`lumot va axborotlarni tahlil qilish; - ma`lumot va axborotlarni konspeklashtirish; - kurs ishlarini bajarish; - bitiruv-malakaviy ishiga material to‘plash; - ilmiy maqola, tezislar, ma`ruzalar tayYorlash; - referat tayyorlash: Mustaqil ta`limning ikkinchi turida himoyalar darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsul’tatsiya soatlarida amalga oshiriladi.
5 (Bu bo‘yicha vazirlikning 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli buyrug‘ining 1- ilovasida «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish haqidagi» yo‘riqnomada aniq ma`lumot berilgan). Endi ushbu mavzularning ayrimlariga qisqacha izoh bersak. Ishchi o‘quv dasturiga mustaqil ishlar bo‘yicha alohida mavzular kiritilishi kerak. Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish: Berilagn mavzular bo‘yicha o‘quv adabiyotlari konspektlashtiriladi. Tayanch iboralarning mohiyatiga taalluqli savollarga javob tayYorlanadi.
uslubiy maqolalar, internetdan olingan ma`lumotlar, elektron kutubxona materillaridan foydalaniladi.
uchun – jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, musiqiy asar, kichik badiiy asar. Bir mavzuni bir necha talabaga topshirish mumkin.
Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigansavollar tuzish topshiriladi. Bu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan yo‘l-yo‘riq beriladi. Masalan test topshiriqlarining 8 ta turi bor: bir tanlovli test, tanlovli test, to‘ldiruvchi test, muqobil javobli test, muvofiqlashtiruvchi test, ketma-ketlikni aniqlash testi, qisqa javobli test, erkin javobli test.
- talabaga biron-bir mavzu bo‘yicha ilmiy xarakterda maqola, tezis yoki ma`ruza tayYorlash topshiriladi. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy tadqiqot ishlari dissertatsiyalar, maqola va monografiyalardan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, zarurlarini ajratib oladi, tartibga soladi, o‘z fikrini bildiradi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash: Bir mavzu yoki bir bo‘lim bo‘yicha nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar namunalar yaratish vazifasi topshiriladi. Bu esa talabani ilmiy izlanishga, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlashga yo‘naltiradi. Yuqoridagi mustaqil ta`lim shakllarini bajarish tartibi bo‘yicha o‘qituvchilar uslubiy ko‘rsatmalarni o‘quv yilning boshida tayyorlab qo‘yishlari shart.
Kafedralada har bir fan bo‘yicha mustaqil ish jadvali tuziladi. Mustaqil ish bo‘yicha konsul’tatsiyalarni qayd qilish jurnali yuritiladi. Mustaqil ishlarga taqriz yoziladi hamda baholanadi va uning bajarlishi haqida kafedra yig‘ilishlarida hisobot beriladi. Mustaqil ishlar kafedrada 2 yil saqlanadi.
6
metodikasi kafedrasi “Adabiyot o‘qitish metodikasi” fanidan test topshiriqlari 1. Adabiyot o‘qitish metodikasi qaysi fanlar bilan chambarchas bog‘liq? A). Tarix, psixologiya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, pedagogika.
V). Falsafa, pedagogika. S). Psixologiya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik.
D). Tarix iqtisod. 2. Metodika fani oldidagi muhim vazifalarga nimalar kiradi?
A). V, D javoblari V). O‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishning samarali usullarini kashf etish.
S). O‘quvchilarni testga tayyorlash. D). O‘quvchilarni ta`lim jarayoniga faol jalb etish.
A). V,S,D V). I – III
S). IV – III D). X – XI
A). 1997 yil 29 avgust, IX sessiyada. V). 1997 yil 10 avgust, XIII sessiyada.
S). 1996 yil 25 avgust, III sessiyada. D). 1995 yil 15 avgust, VII sessiyada.
A). Ta`lim tizimi va turlarini.
V). Ta`lim turlarini. S). Maktabgacha ta`limni.
D). Ta`lim tizimini. 6. “Ta`lim haqida”gi qonunning 10-moddasi nima haqida?
A). Ta`lim turlari. V). Oliy ta`lim
S). O‘rta ta`lim D). Ta`lim tizimi
A). V, S, D V). Oliy ta`lim, oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta`lim
S). Kadrlar malkasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maktabdan tashqari ta`lim.
D). Maktabgacha ta`lim, umumiy o‘rta ta`lim. 8. Adabiyotshunoslik qanday fan? A). Badiiy adabiyot va uning jamiyat hayotidagi o‘rni haqidagi fandir. 7
V). Adabiyot o‘qitish metodikasini o‘rganadigan
S). Insonning jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘rgatadi. D). Badiiy adabiyotni o‘rganadigan.
A). Tarixiy sharoit bilan aloqda olingan adabiy mahsulot va uni yaratish jarayonidir.
V). Pedagogika S). Tarixiy sharoit
D). Tilshunoslik. 10. Adabiyot o‘qitish metodikasi nimani o‘rganadi? A). Badiiy adabiyotni tadqiq etadi, adabiyot o‘qitish shartlarini va usullarni ilmiy asosda ishlab chiqadi va tadbiq etadi.
V). Sinfda va uyda o‘qishni tashkil etadi. S). Sinf va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning shakli, usullarini ishlab chiqadi.
D). V, S, D. 11. Prinsip nima.
A). U yoki bu fan amal qiladigan tamoyillar, mezonlar jamini anglatadi. V). O‘qitish jarayoni
S). Iqtidor D). Tamoyil
A). O‘qitish jarayoni
V). Qonun S). Tamoyil
D). V,S. 13. Ko‘nikma va malaka nima? A). Talabalar egallashi lozim bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirishga oid qobiliyat va iqtidor.
V). Fanlarni egallashi. S). Bilim
D). V javobi. 14. “Ta`lim to‘g‘risida”gi qonun necha qismdan iborat? A). IV qismdan 34 moddadan.
V). V qismdan 29 moddadan. S). IV qismdan, 34 moddadan.
D). III qismdan, 32 moddadan. 15. I qismning nomlanishi va nechta moddadan iborat? A). Umumiy qoidalar1-8 moddalar.
V). Ta`lim jarayoni 20-24 moddalar. S). Ta`lim tizimi va turlari, 9-19 moddalar.
D). Ta`lim tizimini boshqarish 25-29 moddalar. 16. II qismning nomlanishi va nechta moddadan iborat? A). Ta`lim tizimi va turlari, 9-19 moddalar.
V). Umumiy qoidalar, 1-8 moddalar. 8
S). Ta`lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, 20-24 moddlar.
D). YAkuniy qoidalar, 30-34 moddalar. 17. “Ta`lim to‘g‘risida”gi qonunning III qismi qanday nomlanadi va necha moddadani iborat? A). Ta`lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, 20-24 moddalar.
V). Ta`lim tizimi va turlari, 9-19 moddalar. S). Ta`lim tizimini boshqarish, 25-29 moddalar.
D). Umumiy qoidalar, 25-29 moddalar. 18. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” necha bosqichni o‘z ichiga oladi? A). Uch bosqich, 1997-2001, 2001-2005, 2005 dan keyin.
V). Ikkinchi bosqich, 1997-2001, 2001-2005. S). To‘rt bosqich, 1997-2001, 2001-2005, 2003-2005, 2005 va keyin.
D). Besh bosqich, 1997, 2001, 2005, 2007, 2010. 19. “Milliy dasturida”gi uch bosqichning nomlanishi? A). V,S, D javoblar.
V). Milliy dasturni keng miqYosda to‘liq amalga oshirishga erishish. S). Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
D). Huquqiy-me`yoriy, ilmiy metodika, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar. 20. “Milliy dastur” necha bo‘limdan iborat? A). Umumiy qoida, 5 bo‘limdan.
V). Umumiy qoida, 4 bo‘limdan. S). Umumiy qoida, 3 bo‘limdan.
D). Umumiy qoida, bo‘limdan. 21. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari nechanchi bo‘lim? A). Birinchi bo‘lim
V). Uchinchi bo‘lim S). Ikkinchi bo‘lim
D). To‘rtinchi bo‘lim 22. “Kadrlar tayyorlash milliy modeli” nechanchi bo‘lim? A). 3
V). 1
S). 2
D). 5
23. Milliy dasturning maqsad va vazifalari va uni ruyobga chiqarish bosqichlari nechanchi bo‘lim? A). II
V). III
S). I
D). IV 24. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari nechanchi bo‘lim? A). I
V). III
S). IV
9
D). VI
A). Fanning taraqqiyotini ta`minlashga xizmat qiladigan tushuncha
V). Bilim S). O‘z ustida ishlash
D). Mustaqil ta`lim 26. Ta`lim tizimiga nimalar kiradi? A). Uzluksizlik, ilmiylik va amaliylik.
V). Ta`lim jarayonidagi uzluksizlik. S). Uzluksizlik va amaliylik.
D). Ilmiylik va amaliylik. 27. Ma`naviyat-axloqiy tarbiya nima? A). Tarbiyaning shaxs hissiyotiga, ruhiy dunyosini ta`minlashga qaratiladi.
V). Tarbiyaning shaxs hissiyotiga ta`siri. S). Jamoa tarbiyasiga qaratiladi.
D). Hamkorlik tarbiyasi. 28. So‘ngi adabiyot dasturi qachon tasdiqlandi? A). 2006 yil
V). 2005 yil S). 2007 yil
D). 2004 yil 29. Adabiyot dasturi qanday hujjat, uni bajarish majburiymi? A). eng muhim davlat hujjati, majburiy.
V). Me`yoriy hujjat, rioya qilish kerak. S). Davlat hujjati, majburiy emas.
D). Sinf hujjati, majburiy emas. 30. Davlat ta`lim standarti nima? A). Davlat tomomhnidan ta`lim oldiga qo‘yiladigan talablar majmui.
V). Qonun to‘plami. S). Huquqiy hujjat
D). Maktab hujjati 31. Adabiyot kursi nima?
A). Fanning mazmuni va tarkibiy qismlarini umumlashtirishga oid tushuncha V). Fanning mazmunini o‘rganish
S). Fanning tarkibiy qismlarini o‘rgatadi. D). Yangi pedagogik texnologiyani o‘rgatadi.
A). O‘qitishning yangi usullari
V). O‘qitishning an`anaviy usullari S). O‘qitishning mazmuni
D). Davlat ta`lim standarti. 33. Ta`lim mazmunini belgilovchi hujjatlar? A). O‘quv rejalari, dasturlar, darslik va qo‘llanmalari.
V). Darslik va qo‘llanmalar, dastur. S). Dastur, o‘quv rejalar. 10
D). Qo‘llanma, dasturlar darslik.
A). X-XI asrdan
V). XI asrdan S). VIII-IX asrdan
D). XII-XIII asrdan 35. Adabiyot tarixini din tarixi bilan bog‘lab o‘rganish kerakmi? A). Adabiyot tarixini din tarixi bilan o‘rganish kerak.
V). SHart emas. S). Adabiyotning o‘zini o‘rganish kerak.
D). Faqat din tarixini o‘rganish kerak. 36. Tasavvuf nima, uni maktabda o‘rganish shartmi? A). Tasavvuf diniy-falsafiy g‘oyalar majmuasi, uni maktabga olib kirish kerak.
V). Diniy me`yoriy hujjat, matkabga kerak emas. S). Tasavvuf faqat islom dinini targ‘ib etadi.
D). Tasavvufda faqat nasihat qilinadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling