Abduvoҳid Xudoyberdiev
Talabalar mustaqil ishlarining turlari, shakllari va
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot-oqitish-metodikasi.-Xudoyberdiyev
Talabalar mustaqil ishlarining turlari, shakllari va
uni baholash mezonlari. Ma`lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur`atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma`lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish juda murakkab. Shu nuqtai nazardan maktab, kollej, litseylarga nisbatan oliy ta`limda talabalarni ko‘proq mustaqil o‘qishiga, bilim olishiga alohida e`tibor berilyapti. SHu o‘rinda talaba mustaqil ishi nima?, uni baholash mezonlari qanday? degan savol tug‘iladi. Talaba mustaqil ishi muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma`lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi tavsiyasiga asosan auditoriyadan tashqari o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Mustaqil ishni baholash mezonlari quyidagicha. Samarqand davlat universiteti o‘quv-metodik kengashining 2009 yil 22 avgustdagi va universitet ilmiy kengashining 2009 yil 29 avgustdagi majlisida tasdiqlangan «Yo‘riqoma» ning 14 bandida talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishiga umumiy yuz ballning 20 balini ajratish mumkinligi ko‘rsatilgan. Bu 20 ball: JN uchun 7 ball, ON uchun 7 ball, YaN uchun 6 ball miqdorida taqsimlanishi tavsiya qilingan. Masalan, JN ning (7 ball hisobidan) auditoriyadagi mutaqil ishiga 3 ball, auditoriyadan tashqari bajariladigan mustaqil ishiga 4 ball ajratish mumkin. ON (7 ball hisobidan) bitta bo‘lsa 7 ball, 2 ta ON bo‘lsa 7 balldan 14 ball berish mumkin, YaN ning savollaridan bittasiga 6 ball berish mumkin. Talaba mustaqil ishining shakllariga qaysilar kiradi? Talabalar mustaqil ishining shakllarini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin. Birinchi turi auditoriyada, joriy, oraliq nazoratlarda amalga oshiriladi; - amaliyot, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorlanib kelish; - savol-javob, suhbat, munozaralarda ishtirok etish; - nazorat ishlarini olish (test, Yozma ish v.h.); - amaliy topshiriqlarni, uy vazifalarni bajarish; - test, munozarali savollar tayyorlab kelish, maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash, hisob-kitob, grafik ishlarini bajarish. Ikkinchi turiga ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular kiradi: - ma`lumotlarni izlab topish; - ma`lumot va axborotlarni tahlil qilish; - ma`lumot va axborotlarni konspeklashtirish; - kurs ishlarini bajarish; - bitiruv-malakaviy ishiga material to‘plash; - ilmiy maqola, tezislar, ma`ruzalar tayYorlash; - referat tayyorlash: Mustaqil ta`limning ikkinchi turida himoyalar darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsul’tatsiya soatlarida amalga oshiriladi. 5 (Bu bo‘yicha vazirlikning 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli buyrug‘ining 1- ilovasida «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish haqidagi» yo‘riqnomada aniq ma`lumot berilgan). Endi ushbu mavzularning ayrimlariga qisqacha izoh bersak. Ishchi o‘quv dasturiga mustaqil ishlar bo‘yicha alohida mavzular kiritilishi kerak. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling