Mazdak ibn Hamdodon(470-529) – Eronning bosh kohini. U dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi tarafdori bo’lgan va buni zo’rlik yo’li bilan amalgam oshirishni yo’qlab chiqqan;
Mesopotamiya – Dajla va Frot daryolari oralig’idagi vodiyni yunonlar shunday atashgan, bu atamaning tarjimasi Ikki daryo oralig’i degan ma’noni anglatadi;
Metek – Afinada yashovchi chet ellik;
Meteorologiya(yunoncha) - yer atmosferasi, uning xususiyatlari va unda bo’ladigan fizik jarayonlar haqidagi fan;
Metis – Amerikada oq tanli aholiga mansub kishi bilan hindilar o’rtasidagi nikohdan tug’ilgan avlod;
Mezolit(yunoncha <> – <> va <> – <> ) – o’rta tosh davri;
Migratsiya(lotincha – ko’chaman) – u yoki bu davlat aholisining bir hududdan boshqa bir hududga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko’chishi;
Mikrolit – toshdan yasalgan mayday mehnat qurollari, odamlar ulardan mezolit va neolit davrida foydalanishgan;
Milya – 1609,3 metrga teng uzunlik o’lchovi;
Miniatura(fransuzcha-lotincha – qizil bo’yoq) – badiiy usullari o’ta nafis bo’lgan kichik hajmli tasviriy san’at asarlari;
Mino – Mesopotamiyadagi 550 gramm kumushga barobar bo’lgan og’irlik o’lchovi;
Missiya(lotincha) – yuksak burch, mas’uliyatli vazifa; bir davlatning ikkinchi davlatga maxsus topshiriq bilan yuborgan vakillari;
Mixxat – shumerlar va forslarning qadimgi yozuvi;
Miyonqol – Samarqand atrofidagi Oqdaryo va Qoradaryo oralig’idagi hudud. Keyinchalik, Samarqand bilan Xatirchi oralig’idagi yerlar Miyonqol deb atalgan;
Modernizatsiya – zamonaviylashtirish;
Moliya – maqsadli pul jamg’armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq munosabatlar;
Monarxiya(yunoncha) – yakka hukmronlik;
Do'stlaringiz bilan baham: |