Konkista – zabt etish, bosib olish;
Konsentratsiya(lotincha – birga, markaz) – biror narsaning muayyan bir joyda to’planishi;
Konsern(ishtirok, manfaat) – manfaatlar umumiyligi asosida uyushgan korxonalarning yirik birlahmasi;
Konservativ(lotincha) – eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o’zgarishlarga qarshi turuvchilar;
Konsessiya(lotincha – ruxsat etish) – davlat organlarining muayyan shartlar asosida yerosti boyliklari, yerusti obyektlarini ekspluatatsiyaga berish to’g’risidagi bitim;
Konsul(lotincha – maslahatchi) – Respublika davrida Rimdagi oily siyosiy lavozim. Har yili saylangan ikki konsul Senat va Armiyaga rahbarlik qilgan;
Kontinental Kongress(qit’a kengashi) – AQSHda mustaqillik urushi davrida oliy qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirgan organ;
Kontributsiya(lotincha) – urushda yetkazilgan zarar o’rnini qoplash uchun mag’lub davlat tomonidan to’lanadigan to’lov;
Kontrreformatsiya – XVI – XVII asrlar o’rtalarida Yevropada Rim Papasi rahnamoligida Reformatsiyaga qarshi qaratilgan diniy-siyosiy harakat;
Konung – qabila boshlig’i, zodagonlarning oliy vakili. Normann qabilalarida – harbiy yo’lboshchi;
Konvensiya(lotincha – shartnoma) – ko’p tomonlama xalqaro shartnoma turlaridan biri;
Korporatsiya(lotincha – birlashma) – monopolistik aksiyadorlar birlashmasi;
Korrupsiya – mansabdor shaxslarning shaxsiy boyish maqsadida sotilishi;
Kreollar – Lotin Amerikasiga dastlab ko’chib kelgan ispan va portugallarning avlodlari;
Kromanyon – Fransiyaning Kromanyon g’oridan topilgan hozirgi qiyofadagi odam suyaki qoldiqlari;
Kuhandiz – ark, shaharning hokim qasri joylashgan qismi;
Ko’lbuloq – Toshkent vohasidagi manzilgoh;
Ko’chmanchilar – doimiy istiqomat joyiga ega bo’lmagan kishilar;
Do'stlaringiz bilan baham: |