Real(lotincha) – haqiqatdan ham mavjud bo’lgan, amalgam oshadigan, bajarilishi mumkin bo’lgan;
Registon – shaharning markaziy maydoni;
Rekrut – soni oldindan belgilab qo’yilgan dehqonlar va posad xonadonlaridan bittadan kishini askarlikka olish;
Renessans(fransuzcha – qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug’ilmoq) – G’arbiy Yevropada Uyg’onish davrini angltuvchi atama;
Reparatsiya(lotincha – tiklash) – xalqaro huquqda urushda ko’rilgan zararni to’la yoki qisman qoplash uchun yengilgan davlat tomonidan g’olib davlatga to’lanadigan tovon;
Respublika(lotincha – jamiyat ishi) – fuqarolarning umumiy saylovi asosida boshqariladigan davlat;
Reyxstag – Germaniya parlamentining quyi palatasi;
Rezervatsiya(lotincha – saqlayman) – biror davlatda tub joy aholisining omon qolgan qismini zo’rlab joylashtirish uchun ajratilgan hudud;
Rezidensiya(lotincha) – bir davlat diplomatik vakillari qarorgohi;
Ritorika – she’r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san’atini, huquq asoslarini o’rgatgan;
Rojalar – Hindistondagi mahalliy hukmdorlar;
Roman uslubi – G’arbiy Yevropa san’atida X asrdan XII – XIII asrlargacha hukm surgan badiiy uslub. Bu davr san’atida G’arbiy Yevropa madaniyati va me’morchiligida Qadimgi Rim me’morligi uslub va unsurlaridan keng foydalanilgan.
<< S >>
Sadri a’zam – bosh vazir;
Safforiylar – Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Safforiylar nomi uning asoschisi Ya’qub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan. Safforiylarning yirik hukmdorlari:Ya’qub ibn Lays(873-879); Amr ibn Lays(879-900);
Sagaris – jangovar oybolta (O’rta Osiyo);
Sahhof – muqovalovchi;
Samarqand akademiyasi – 1004-yilda Xorazmda tashkil etilgan <>dan (Ma’mun akademiyasi) keyingi ikkinchi <> edi;
Do'stlaringiz bilan baham: |