Sina – oy xudosi ( Mesopotamiya );
Sinantrop – Xitoy hududidan topilgan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlari;
Sindikat(yunoncha – birgalikda ishlash) – bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi;
Sinxay – sinxay o’zbek tilida “yil” degan ma’noni anglatadi. Xitoy oy kalendariga ko’ra, inqilob bir yil davom etgani uchun u Sinxay(bir yil davom etgan inqilob) deb atalgan;
Sin sulolasi – 1628 – 1644-yillardagi dehqonlar urushi natijasida barham topgan Min sulolasidan keyingi hukmron sulola. Bu sulola 1644 – 1911-yillarda hukmronlik qilgan;
Sipohi(jangchi) – Buyuk Britaniya zobitlari rahbarlik qilgan hindlardan tuzilgan yollanma qo’shin;
Siyosiy mahbus – mavjud tuzum yoki hukmdorga qarshiligi uchun qamoqqa tashlangan shaxs;
Siyosiy partiya – davlat hokimiyatini boshqarish huquqini saylov yo’li bilan qo’lga kiritish uchun kurashuvchi u yoki bu sinf yoki qatlamning ilg’or, ongli, uyushgan qismini birlashtirgan tashkilot;
Siyosiy reaksiya – taraqqiyotga qarshi, eskirgan ijtimoiy tartiblarni saqlab qolish tarafdori bo’lgan siyosiy kuch;
Sohibi shurat – harbiy ishlar vaziri;
Somoniylar davlati(865-999) – Movarounnahr va Xurosondagi o’rta asr davlati. Buxoro vohasining yirik mulkdor hukmdorlarining sulolaviy nomi. Somoniylar davlatining tashkil topishi arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bog’liq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni o’z ichiga olgan;
Sopollitepa – O’zbekistonning janubidagi bronza asri dehqonchilik manzilgohi (mil.avv. 2-mingyillik);
Ssuda – moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to’lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik;
Sterilizatsiya(lotincha – toza) – tibbiyot va biologiyada turli moddalar, bog’lov materiallari, oziq-ovqat mahsulotlarini zararli mikroorganizmlardan butunlay tozalash;
Do'stlaringiz bilan baham: |