Tot – oy, donishmandlik va tabobat xudosi (Qadimgi Misr);
Tovar xo’jaligi – mahsulotlarni bozorda sotish yoki ayirboshlash uchun ishlab chiqaruvchi xo’jalikdir;
Tovon(forscha) – urushda mag’lubiyatga uchragan davlatdan g’olib chiqqan davlat foydasiga majburan undiriladigan tovon;
Traktat – xalqaro shartnoma, bitim;
Trest – ishlab chiqarish va savdoni o’zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi;
Truppa – teatr yoki sirk artistlari jamoasi;
Tudun – viloyat hokimi;
Turkiston – turkiy aholi o’rnashgan o’lka;
Tuzem – yerli xalq, mahalliy aholining mustamlakachilar tomonidan atalishi;
To’lg’ama – jang chog’ida dushman qo’shinini qanotlaridan aylanib o’tib, qurshab olib, zarba berish usuli;
To’ra – yuqori tabaqaga mansub kishi. Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga beriladigan unvon;
“To’rtlar ittifoqi” – 1915-yil 15-sentabrda Bolgriyaning Germaniya, Avstriya-Vengriya va Turkiya ittifoqiga qo’shilishi natijasida vujudga kelgan ittifoq.
<< U >>
Ulamo – din olimlari;
Ultimatium(lotincha – so’nggi, oxirgi) – bir davlatning ikkinchi davlatga qo’yadigan qat’iy talabi;
Universitet(lotincha – majmua, umumiylik) – fanning turli yo’nalishlarida mutaxasislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlari;
Uniya – yagona birlik;
Urbanizatsiya(fransuzcha va lotincha – shaharga mansub) – jamiyat hayotida shaharlar rolining va shahar aholisi salmog’ining ortib borishi;
Urug’ – birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog’larga ega bo’lgan qarindoshlar jamoasi.
Ushr – idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq;
Uyezd – tumanlarga teng ma’muriy-hududiy bo’linma;
Do'stlaringiz bilan baham: |