Abolitsionistlar
Download 284.5 Kb.
|
atamalar tarix
Uchastka pristavi – aholi yashash joyi nazoratchisi.
<< V >> Varvar – dastlab yunon tilida so’zlashmaydigan har qanday chet mamlakatlik kishi, keyinchalik bu so’z madaniylashmagan odamlarga nisbatan ishlatiladigan bo’ldi; Varzana – hududiy qo’shnichilik jamoasi; Vassallik – G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bir feodalning boshqa bir feodalga bo’ysunish tartibi; Vaterloo – hozirgi Belgiya hududidagi qishloqning nomi. Bu qishloqda 1815-yilning 18-iyunida Napoleon I qo’shini tor-mor etilgan jang bo’lib o’tgan ; Vazir – devonxona boshlig’i, bosh vazir; Veto(lotincha – taqiqlayman) – davlat boshlig’ining biror qonun yoki qarorni kuchga kiritishdan to’xtatib qo’yish huquqi; Vijdon erkinligi – har bir fuqaroning xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi; Vikup – krepostnoylikdan ozod bo’lgan dehqonning o’ziga berilgan yerni haq to’lash evaziga sotib olishi; Vitse – o’rinbosar, vitse-qirollikda qirol nomidan mustamlaka o’lkalarini boshqaruvchi davlat amaldori; Volost – uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat hududiy bo’linma. << X >> Xapi – Nil xudosi, Misrdagi hayotning birlamchi manbayi va posponi (Qadimgi Misr); Xarvor – bir eshakka yuk bo’ladigan og’irlik o’lchovi; Xatxor – musiqa, go’zallik va sevgi ilohasi (Qadimgi Misr); Xiroj – hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig’i; Xitobnoma(arbcha-forscha) – biror ish yoki harakat qilishga undab yozilgan maktub, yozma chaqiriq, murojaatnoma; Xolisa – davlat yerlari; Xonaqoh – darveshlar uchun maishiy xona va masjiddan iborat yotoqxona; Xonsolar – dasturxonchi. Hukmdor huzurida ovqat tortish ishlarini olib boruvchi mansabdor; Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling