Xoqon – buyuk hukmdor, podshoh, imperator;
Xorazmshoh – Xorazm davlati hukmdorlarining unvoni. Beruniy asarlarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, dastlab Xorazmshoh unvoni bilan Xorazmni Kayxusrav idora etgan. Quyidagi 4 sulola: afrig’iylar; ma’muniylar;oltintoshlar; anushteginiylar hukmdorlari <> unvoniga ega bo’lganlar;
Xronologiya – asrlar, davrlar,vaqt o’lchovi haqidagi fan, turli-tuman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi va aniqlashtiriladi;
Xutba – juma namozida hukmdor nomini aytib, uning haqiga duo o’qish, olqishlash.
<< Y >>
Yabg’u xoqon – xoqon urug’idan bo’lgan yurt hokimi;
Yagona ichki bozor – bir xil o’lchov(metr), og’irlik (kg) va yagona pul birligining qaror topganligi;
Yarmarka – ulgurji savdo bo’ladigan, turli mamlakat savdogarlari qatnashadigan, mol sotish va ayriboshlash joyi nomi bo’lgan;
Yasoq – dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq;
Yevropasentrizm – barcha madaniyatlarni yevropalashtirish g’oyasi;
Yomlar – yo’l bekatlari. Choparlar, yo’lovchilar ot almashtiradigan joy. Yomda doimo otlar ulovga tayyor turgan;
Yosh turklar – 1889-yilda tashkil etilgan turk burjua-pomeshik partiyasi. “Birlik va taraqqiyot” partiyasi a’zolarining yevropacha nomi.
<< Z >>
Zakot – mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olinadigan soliq;
Zamonbobo – Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi Zamonbobo ko’li bo’ylarida miloddan avvalgi 2-mingyillikda yashagan chorvador va dehqonlarning qadimiy manzilgohi;
Zantu – qabila;
Zemstvo(ruscha) – vakolatlari cheklab qo’yilgan mahalliy idora, boshqarma;
Zikkurat – tepasida ibodatxonasi bo’lgan zinapoyali baland inshoot;
Do'stlaringiz bilan baham: |