Puleymot(ruscha – o’q va metall otmoq) – o’qni tez otadigan avtomatik qurol;
Puritanlar – Angliyada protestant anglikan cherkovi, bu cherkovni katolik qoldiqlaridan tozalash uchun kurashganlar esa puritalar deb atalgan. Puritanlar xudoga emas, qirolga xizmat qilayotgan cherkovga qarshi bo’lganlar va qirol parlament bilan hisoblashishi kerak deb hisoblovchilar.
<< Q >>
Qadimgi dunyo tarixi – yer yuzida odam paydo bo’lganidan to milodiy 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar;
Qam-shomon – Ko’k Tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini;
Qarzdorlik qulligi – qarzini vaqtida qaytarmagan erkin fuqarolarning qullarga aylantirilish jarayoni;
Qopchur – chorva mollari bosh sonining 2,5 % miqdorida olinadigan soliq;
Qozi sudlari – shariat qoidalari asosida ish ko’radigan sud;
Qul – o’zga bir kishining mulki bo’lgan va ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan erksiz odam (<>), qulni sotib olish va sotib yuborish mumkin bo’lgan;
Qurbonlik bag’ishlash – mehr-shafqatini qozonish maqsadida xudolarga tortiq etiladigan hadyalar;
Qur’on(arabcha – qiroat, o’qish) – islom diniga e’tiqod qiluvchilarning muqaddas kitobi bo’lib, Alloh taolo tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy orqali nozil qilingan. Qur’on yigirma uch yil davomida nozil qilingan bo’lib, 114suradan tashkil topgan.
<< R >>
Rabod – shaharning tashqi mavzesi;
Radikal(lotincha – tubdan) – keskin va qat’iy choralar tarafdori;
Rasadxona(observatoriya) – osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa joylashgan bino;
Reaksiya kuchlari – ilg’or g’oyalarni ta’qib etuvchi, eski tartiblarni saqlab qolish yoki ularni qayta tiklashga intiluvchi kuchlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |