Amfora – suyuq mahsulotlarni tashish va saqlash uchun mo’ljallangan bo’g’zi ingichka va qo’shaloq dastali katta ko’za;
Amid ul-mulk – davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri;
Amin ad-davla – moliya va ichki ishlar vaziri;
Amir(arabcha – amr qiluvchi, boshliq, hokim) – lashkarboshi, hokim, bek. Arab xalifaligining dastlabki xalifalari va ummaviylar davrida alohida qo’shin qo’mondonlari amir deb atalib, ular odatda zabt etilgan viloyatlarga noib etib tayinlanganlar;
Amon – Ra – quyosh xudosi (Qadimgi Misr);
Amulet – tumor, misrliklar fikricha, mabodo inson inson o’zi bilan birga olib yursa, yovuz ruhlar va balo-ofatlardan himoya qiluvchi kichik buyum;
Anarxizm(yunoncha – hokimiyatsizlik, beboshlik) – alohida bir shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi ta’limot;
Animizm – insonni o’rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish;
Anneksiya(lotincha – birlashtirish) – bir davlat hududini zo’ravonlik bilan butunlay yoki qisman o’z davlatiga qo’shib olish;
Ansorlar(arabcha – yordamchilar, safdoshlar) – Muhammad (s.a.v.) sahobalari bir tabaqasining nomi. (Ular 622-yilda Makkadan Madinaga ko’chib borgan musulmon muhojirlarga va Rasulullohga yordam bergan hamda Islom dinini qabul qilgan Madinaning avs va hazraj qabilalarining a’zolari bo’lganlar;
Antropolog – qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va bosh chanoqlari)ni sinchiklab tekshirib, ularning tashqi ko’rinishini tiklaydilar, ming yillar avvalgi kishilarning tashqi qiyofasida ro’y bergan o’zgarishlarni o’rganadilar;
Antik(lotincha <>) tarix – Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim davri tarixi;
Anubis – marhumlar va mumiyolanganlar xudosi (Qadimgi Misr);
Apis – buqa timsolidagi hosildorlik xudosi (Qadimgi Misr);
Do'stlaringiz bilan baham: |