Kuhandiz(ark) – shaharning hokim qasri joylashgan qismi;
Ku-kluks-klan – irqchilik terrorchi tashkilot;
Kudungar – matoga ohor beruvchi.
<< L >>
Lasko – Fransiyadagi paleolitga oid rasmlar topilgan g’or;
Latifundiya(lotincha) – katta yer-mulk;
Lavvoh – sarlavha yozuvchi;
Legion – Rim armiyasidagi eng yirik jangovar birlik;
Liga – ittifoq, birlashma;
Lingvistlar(tilshunoslar) – u yoki bu zamonaviy tilning qanday shakllanganini bilish maqsadida qadimgi tillarni o’rganadilar;
Linch sudi – AQSHda qora tanli kishilar va demokratik harakat qatnashchilarini sudsiz va so’roqsiz jazolash;
Lotin Amerikasi – bu aholisining ko’pchiligi so’zlashadigan til lotin tili negizida tashkil topgan Janubiy va Markaziy Amerikaga nisbatan qo’llaniladigan atama.
<< M >>
Maat – haqiqat va adolat ilohasi (Qadimgi Misr);
Mahdiy(arabcha – Alloh tomonidan to’g’ri yo’lga yetaklovchi) – Islomda oxirzamon bo’lganida kelib, adolat o’rnatadi, deb ishoniluvchi payg’ambar;
Manifest(lotincha) – hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqqa yozma murojaati;
Maorif(arabcha) – insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya;
Maqom – musiqada bir qismli yoki turkumli cholg’u va ashula yo’llari, musiqiy uslub;
Marsiya – bir shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag’ishlab yozilgan motam she’ri;
Matbuot(arabcha – bosma asarlar, nashrlar) – gazeta, jurnal va kitoblar majmui;
Matriarxat – insoniyat tarixidagi ona urug’i davri, ya’ni urug’ jamoalarining ayol kishi (ona) tevaragida jipslashishi;
Maykob qo’rg’oni – Kavkazda joylashgan bo’lib, u yerdan temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan hisoblanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |