Isida – Osirisning xotini (Qadimgi Misr);
Isloh – o’zgartirish kiritish, yaxshilash, tuzatish;
Islohot – biror sohadagi mavjud tartiblarni tubdan o’zgartirish;
Islom(arabcha – itoat, tobelik) – jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Unga e’tiqod qiluvchilar musulmonlar deb ataladi;
Ispravnik – uyezd politsiyasi boshlig’i;
Ishtar – hosildorlik, sevgi, urush g’alaba ilohasi ( Mesopotamiya );
Iste’fo(arabcha – vazifadan chekinish) – mansab vazifasidan ketmoq;
Italiklar – Appenin yarimorolida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar;
Ixshid – viloyat hokimi;
Iyerogliflar(<>) – qadimgi yunonlar misrliklar yozuvini shunday atashgan.
<< J >>
Jadid(arabcha) – yangi degan ma’noni bildiradi;
Jaholat(arbcha) – ilm-ma’rifatdan mahrumlik, qoloqlik;
Jarqo’ton – Surxon vohasida, hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo’lmagan joyda miloddan avvalgi 2-mingyillik o’rtalarida vujudga kelgan va ilk shahar alomatlari ko’zga tashlanadigan qadimiy manzilgoh;
Jevachi(jeva – qurol-aslaha) – qurol-aslahaxona boshlig’i;
Jiz’ya – Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig’i;
Jogir – harbiy xizmat evaziga in’om etilgan yer.
<< K >>
Kadivar – qishloqning dehqonlarga qaram aholisi;
Kalon – hosilning 1/10 qismi hajmida olingan soliq;
Kansler – bosh vazir;
Kapital(lotincha – bosh, asosiy) – sarmoya; o’z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag’lar. Ya’ni qiymat keltiruvchi, o’zini o’zi ko’paytiruvchi qiymat;
Kapitalistik jamiyat – xususiy mulkning asosini sanoat korxonalari tashkil etadigan, shuningdek, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va yuqori sanoat ishlab chiqarishga asoslangan jamiyatdir;
Do'stlaringiz bilan baham: |