Narshaxiy(899-959) – tarixchi olim. Buxoroning Narshax qishlog’ida tug’ilgan. “Buxoro tarixi” nomli asarini yozib qoldirgan;
Neandertal – Germaniyadan topilgan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlari;
Nefertiti – Misr malikasi;
Negosiant – ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi savdogar. Bu atama ko’pincha chet ellar bilan savdo qiladigan savdogarlarga nisbatan qo’llangan;
Nekropol – qabriston, maqbara;
Neolit(yunoncha <> – <> va <> – <> ) – yangi tosh davri (mil.avv. 6-4-mingyilliklar);
Nmana – katta patriarxal oila;
Noib(arabcha – o’rinbosar, yordamchi) – tobe o’lka yoki viloyat hokimi;
<>lar – Misrdagi ilk davlatlar;
Nota(lotincha) – bir davlatning boshqa davlatga yozgan rasmiy murojatnomasi;
Notarial ishlar(lotincha – kotib) – yuridik va boshqa turli hujjatlarni tasdiqlash ishlari;
Numizmatika – tangalarni o’rganuvchi fan.
<< O >>
Obikor – sug’oriladigan yer maydoni;
Objuvoz – suv kuchi bilan yuradigan, sholi oqlaydigan qurilma;
Olduvay – odamzod ajdodlarining qadimiy yodgorliklari topilgan Sharqiy Afrikadagi Olduvay darasi(Tarzaniya);
Oligarxiya(yunoncha – ozchilik hokimiyati) – iqtisodiy va siyosiy hukmronlikning bir hovuch ulkan sarmoya egalari qo’lida to’planishi;
Olimpiya o’yinlari – Peloponnes yarimorolidagi Olimpiya shahrida to’rt yilda bir marta Olimpiyalik Zevs Sharafiga bag’ishlab o’tkaziladigan yunon sport musobaqalari;
Oprichnina – podsho hokimiyati dushmanlarini zo’rlik va terror vositalari bilan bostirishga urinish siyosati;
Osiris – yerosti saltanati xudosi (Qadimgi Misr);
<> - Kolumbning sayohatidan so’ng Karib dengizi orollari Vest-Indiya (G’arbiy Hindiston) deb atalgan, Vest-Indiyadan farq qilish uchun Hindiston yarimorolidagi mustamlakalar esa Ost-Indiya (Sharqiy Hindiston) deb atalgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |