Diadohlar(vorislar) – Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ng turli hududlar ustidan hokimiyatni egallab olgan harbiy sarkardalar;
Dialetika – hozirgi mantiqqa o’xshash fan bo’lib, unda o’quvchilar munozara olib borishga, o’z fikrini isbotlashga o’rgatilgan;
Diktator( <> lotincha <> ) – cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan hukmdor;
Diktatura(lotincha – cheklanmagan hokimiyat) – hech qanday qunun bilan cheklanmagan, zo’rlikka tayanuvchi hokimiyat;
Dinastiya(sulola) – birin-ketin hukmronlik qiluvchi podsholar urug’i, sulola vakillari ko’pincha bitta nom bilan aytilgan , masalan, Ahamoniylar;
Dividend(lotincha – taqsimlanadigan narsa) – aksiyadorlar jamiyati foydasining aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylanadigan qismi;
Doktrina(lotincha – ta’limot) – siyosiy rahbarlik tamoyili;
Domen(lotincha – mulk) – qirol, gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlar mehnati bilan ishlanadigan yer-mulklari;
Dominion – o’zini-o’zi boshqaradigan qaram yer, o’lka;
Dor ush-shifo – shifoxona;
Dorug’a (mo’g’ulcha – nazoratchi, shahar boshlig’i) – Mo’g’ullar davrida mahalliy hokimlar huzuridagi ulug’ qoon vakili, noibi. Dorug’a zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: aholini ro’yxatga olish, mahalliy xalqdan qo’shin to’plash, pochta aloqalarini yo’lga qo’yish, soliqlar yig’ish, to’plangan soliq-to’lovlarini ulug’ qoon saroyiga yetkazish;
Drujina – ko’ngillilardan iborat harbiy bo’linma. Ushbu bo’linma bir necha o’ndan bir necha yuzgacha jangchini birlashtirgan;
Dukchi(forscha – yig, duk) – charxning yigirilayotgan ip o’ralib boriladigan qismi. Duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan;
Duma(ruscha – o’ylash, fikrlash) – Rossiya imperiyasining qonun chiqaruvchi hokimiyati, shahar dumasi;
Durri-Duron – javohirlar javohiri;
Do'stlaringiz bilan baham: |