Abolitsionistlar


Stixiyali – uyushmagan, to’g’ri tashkil etilmagan harakat; Strateg


Download 284.5 Kb.
bet24/28
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1533424
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
atamalar tarix

Stixiyaliuyushmagan, to’g’ri tashkil etilmagan harakat;
Strateg – Afinaning harbiy boshlig’i;
Student(lotincha – qunt bilan shug’ullanuvchi) – oliy o’quv yurti talabasi;
Sudebnik – qonunlar to’plami;
Sulh – urush harakatini to’xtatish uchun tuzilgan bitim. Xalqaro shartnomalarning bir turi;
Surgun – jazo tariqasida boshqa yerlarga jo’natish;
Suyurg’ol(mo’g’ulcha – in’om, sovg’a) – hukmdor tomonidan davlat oldida alohida xizmat ko’rsatgan yirik amaldorlar yoki sarkadalarga berilgan mol-mulk, yer-suv. Suyurg’olga berilgan yerlar nasldan-naslga meros bo’lib o’tgan.


<< T >>


Tamg’a – savdo boji, savdogarlardan olinadigan soliq;
Tanob(chilvir, arqon) – ekin maydonini o’lchash uchun qo’llaniladigan yuza birligi, 1 tanob yer maydoni 8.33 sotix, 1 gektar esa 12 tanobni tashkil etgan;
Tariqat – tasavvuf qoidalariga amal qilib yashash, ya’ni, komil inson darajasiga erishishni ko’rsatuvchi yo’l;
Tasavvuf (sufiylik) – musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi, har kimni o’zining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikka da’vat etuvchi ta’limot;
Ta’sis majlisi – mamlakat hayotiga oid biror-bir muhim masalani hal etish uchun oliy vakolat beradigan va shu tufayli parlament vazifasini ham bajaruvchi majlis;
Termalar – Qadimgi Rimda shahridagi jamoat hammomlari;
Terror(lotincha – qo’rqinch, daxshat) – raqiblarni yo’qotish yoki qo’rqitish, aholi o’rtasida vahima keltirib chiqarish;
Tezis(yunoncha – qoida, isbot) – bahsda yoki biror ta’limotni bayon qilishda aytiladigan asosiy fikr;
Tiran – mutlaq hokimiyatga ega bo’lgan hukmdor;
Tiyul – amaldorlarga xizmat vazifasini bajarish muddatiga yoki shoh oldidagi alohida xizmati uchun vaqtincha yoki umrbod muddatga beriladigan yer-mulk. Lekin, bunday yerlarni meros qoldirish mumkin bo’lmagan;
Tohiriylar – Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola(821-873). Rasman abbosiylarga qaram hisoblangan. Sulolaga 821-yil Tohir ibn Husayn asos solgan;

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling