Abralov, N. S. Dunyashin


X Eritib payvandlash Boran ostida payvandlash  (garpass


Download 4.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/74
Sana28.10.2023
Hajmi4.45 Mb.
#1730828
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Bog'liq
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari

X
Eritib payvandlash
Boran ostida payvandlash 
(garpass Ьйап peyvaodbsto)|
Dastaki
|Mcxanlzatsiyalashgan] ^ Pbstilc holatida I
\
BiraiangaB 
\
| Ko‘p afcujaiTj
suyuqlantjrib |
\
Ko‘p ahngali j
| Mahafliy isitishtu qoHash}-
Mahalliy termik ishlov be- 
riril (strut tu rani o‘zgntirib)
4Me'yoriashtirish I
^Tqbtabbo’sbatBhl
Mahatiy feitish Wan ishbv be- 
osh (stRiktmani o^g^rtkmafdao)
Gaz rig g g d i toV ribA
-jPayvandfasfrhnoteiqiafirEli
Yuzani tozalash
Г
Kesish
Yuza qatlamlami qopfash
Kislorodli
KkJorod-flyusli
Nayzali
Eritib qoplash
Chan&latsh
Kavsharlash
8.1-rasm. Materiallarga gaz alangasida ishlov berish usullarining 
klassifikatsiyasi
109


Materiallarga gaz alangasida ishlov berishning boshqa usullarining 
afzalliklariga qaramasdan, yuqori iqtisodiy tejamkorligi va texnologik 
usullari ko‘pligini hisobga olgan holda gaz alangasida ishlov berish 
qurilish, kimyo, energetik mashinasozlik va boshqa sanoat sohalarida 
qo'llanishini topmoqda.
8.2. Gaz alangasida ishlov berish usullarining mohiyati
Gaz bilan payvandlash. Payvandlashning bu turi asosiy metall (1) 
ning biriktiriladigan qirralarini payvandlash gorelkasi (3) alangasi (2) 
bilan qizdirishdan iboratdir. Chok metalini hosil qilish uchun payvand­
lash vannasiga eritib qo'shiladigan chiviq (4) ning oqib eritilgan metali 
qo'shiladi.
8.2-rasm. Gaz bilan dastaki payvandlash
Issiqlik manbai tariqasida atsetilenning kislorod bilan aralashmasini 
yoqqanda hosil bo‘ladigan va harorati 3000-3150°C ga boradigan 
payvandlash alangasi ishlatiladi. Uncha qalin bo'lmagan poiatlam i, 
oson eruvchan metallami va qotishmalami payvandlash uchun hamda 
kavsharlash va kesishdan oldin qizdirish uchun boshqa atsetilan o‘mida 
ishlatiladigan gazlar: propan, tabiiy, neft, piroliz gazlari, vodorod, 
kerosin, koks gazi va boshqalar ishlatiladi. Ushbu gazlar kislorodda 
yonganda alanga harorati 2000-2450°C gacha ko'tariladi. Gaz bilan 
payvandlash nisbatan oddiy usul boiib , murakkab, qimmat jihozlami 
hamda elektr energiya manbaini talab qilmaydi. Gaz bilan payvand­
lashning kamchiligi shundaki, metall yoy yordamida payvandlashdagiga 
qaraganda sekin qizdiriladi, metalga ta’sir qiluvchi issiqlik zonasi katta 
bo‘ladi. Gaz bilan payvandlashda issiqlik bir yerga kam to‘planadi, 
payvandlanadigan detallar esa ko‘proq tob tashlaydi.
Alanga bilan metalni nisbatan sekin qizdirilishi va issiqlikni bir 
yerda to‘planmasligi sababli payvandlanadigan metalning qalinligi
110


ortgani sari gaz bilan payvandlash ish unumi ham kamaya boradi. 
Jumladan, poiatning qalinligi 1 mm boiganida gaz alangasi yordamida 
payvandlash tezligi qariyb 10 m/soat ni, qalinligi 10 mm boiganida esa 
atigi 2 m/soat ni tashkil etadi. Shuning uchun ham qalinligi 6 mm dan 
ortiq p o iatn i gaz bilan payvandlash yoy yordamida payvandlashga 
qaraganda kam unumli boiadi.
Atsetilen bilan kislorod elektr energiyasiga nisbatan qimmatroq 
turadi. Shuning uchun ham gaz bilan payvandlash elektr yoy yordamida 
payvandlashga qaraganda qimmatga tushadi. Kalsiy karbidi, yonuvchi 
gazlar va suyuqliklar, kislorod, siqilgan gazlar ballonlari hamda atsetilen 
generatorlarini ishlatish tartib qoidalariga rioya qilinmaganda portlashi 
va y o n g in chiqishi xavfi borligi ham gaz bilan payvandlash 
kamchiliklariga kiradi.
Quyidagi ishlar gaz bilan payvandlab bajariladi:
- qalinligi 1-3 mm p o ia t buyumlami tayyorlash va ta’mirlash;
- hajmi kichik idishlar va rezervuarlami payvandlash, darz ketgan 
joylarini payvandlash, yamoq solish va boshqalar;
- cho'yan, bronza, silumindan tayyorlangan quyma buyumlami 
ta’mirlash;
- kichik va о‘rtacha diametrli quvurlami montaj qilish;
- aluminiy va uning qotishmalari, mis, latun va qo‘rg‘oshindan 
buyumlar yasash;
- yupqa devorli quvurlardan konstruksiya uzellarini yasash;
- p o ia t va cho'yan detallarga latunni eritib yopishtirish;
- bolg‘alangan va nihoyatda mustahkam cho‘yanni eritib ’qo‘shila- 
digan latun va bronza chiviqlar ishlatib biriktirish;
- cho‘yanni past haroratda payvandlash.
Texnikada ishlatiladigan metallaming deyarli hammasini gaz bilan 
payvandlash mumkin. Cho‘yan, mis, latun, qo'rg'oshin yoy yordamida 
payvandlashga qaraganda gaz alangasi yordamida osonroq payvand­
lanadi.
Gaz-press bilan payvandlash. Payvandlanadigan detallar (1) va (2) 
ning biriktiriladigan joylari maxsus ko‘p alangali gorelka (3) bilan 
plastik holatgacha yoki qirralari eriguniga qadar qizdiriladi, shundan 
keyin tashqi kuch bilan siqiiadi va payvandlanadi (1.8.3-rasm). Bu 
usulda p o ia t o‘zak!ar, polosalar, quvurlar va boshqa 12000 mm2 gacha 
kesim yuzali detallar payvandlanadi.

Download 4.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling