Abralov, N. S. Dunyashin


Download 4.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/74
Sana28.10.2023
Hajmi4.45 Mb.
#1730828
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Bog'liq
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari

K islorod bilan kesish. 
P oiatn i kislorod bilan kesish temirning sof 
kislorod oqimida yonish xossasiga asoslangan, bunda temir poiatning 
erish haroratiga yaqin, ya’ni 1 2 0 0 - 1400°C ga qadar qizdiriladi (8.5- 
rasm). Kesayotganda metall gaz-kislorod alangasida qizdiriladi. Yonilg'i 
sifatida atsetilen, propan-butan, piroliz, tabiiy, koks va shahar gazlari 
hamda kerosin bug1 lari ishlatiladi.
8.5-rasm. Kislorod bilan kesish sxemasi:
1 - mundshtuk; 2 - kesuvchi kislorod; 3 - kesilayotgan metall; 4 - qizdiruvchi
alanga; 5 - shlak.
Metall kesishdan oldin qizdiriladi. So'ngra qizdirilgan joyga kesuv­
chi kislorod oqimi yo‘naltiriladi hamda kesgich rejalangan kesish 
chizig‘i bo‘yicha surib boriladi. Metall butun tunuka qalinligi baravarida 
yonib, orada tor tirqish hosil qiladi. Temir kislorodda kislorodning 
kesuvchi oqimi yuzasiga chegaradosh b oigan qatlamlaridagina jadal 
yonadi. Kislorod oqimi metall orasiga juda kam chuqurlikda kiradi.
1 kg temimi yonishi uchun yonganda qanday oksid (FeO yoki Fej
0 4

hosil bo'lishiga qarab nazariy jihatdan 0,29 m3 dan 0,38 m3 gacha 
kislorod talab qilinadi. Amalda kislorod nazariy hisobga nisbatan ancha 
ko‘p yoki oz sarf bo‘lishi mumkin.
114


Chunki shlaklarda ikkala oksid turli nisbatlarda bo‘ladi, metalning 
bir qismi kesimdan erigan holatda chiqarib yuboriladi. Kislorodning bir 
qismi suyuq metall va shlakni puflab chiqarishga sarflanadi, shuningdek 
atrof-muhitga sachrab yo‘qoladi. Kesish uchun tozaligi 98,5 - 99,5 % 
kislorod ishlatiladi. Kislorod tozaligi past b o isa, kesish tezligi 
kamayadi, va kislorod ancha ko‘p sarflanadi. Masalan, kislorod tozaligi
99,5 dan 97,5 foizgacha boiganda tozaligining bir foiz kamayishi bilan
1 m ga sarflanadigan kislorod miqdori 2 5 - 3 5 %, kesish vaqti esa 10 -
15 % ortadi. Bu hoi ayniqsa, qalin po‘latni kesishda yaqqol seziladi.
Tozaligi 98 % dan kam b o ig an kislorod ishlatilmagani ma’qul, 
chunki kesish yuzasi ko‘ngildagidek toza chiqmaydi, unda chuqur 
o ‘yiqlar va juda qiyin ajraladigan shlaklar hosil boiadi.
Kislorod-flyus bilan kesish. Ko‘p legirlangan xromli va xrom- 
nikelli poiatlar kislorod bilan odatdagidek kesilganda qiyin eriydigan 
xrom oksidlarini hosil qiladi. Bu oksidlaming pardalari metall 
zarrachalarini qoplab olib, metalining kislorod oqimida yonishiga 
to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun ham bunday poiatlar kislorod-flyus 
bilan kesiladi.
8.6-rasm. Kislorod-flyus bilan kesish sxemasi
Flyus o'm iga donalari 0,1 - 0,2 mm b o ig an temir kukun ishlatiladi. 
Kesishda temir kukunning kislorodda yonishi natijasida qo‘shimcha 
issiqlik ajralib chiqadi va kesiladigan joy harorati oshadi. Natijada hosil 
b o igan qiyin eruvchan oksidlar suyuq holatda qoladi va temiming 
yonish mahsulotlariga qo‘shilib, osongina chiqarib tashlanadigan 
oquvchan suyuq shlaklar hosil qiladi. Kesish jarayoni normal tezlikda 
o'tadi, kesilgan joy yuzasi toza chiqadi.
Cho‘yanni kislorod bilan flyussiz kesish ham ancha qiyin, chunki 
cho‘yanning erish harorati temiming kislorodda yonish haroratidan past va
115


cho‘yan kislorodda yonmasdan oldin eriy boshlaydi. Cho‘yan tarkibidagi 
kremniy qiyin eriydigan oksid parda hosil qiladi. Bu parda kesish 
jarayonining normal o‘tishiga to'sqinlik qiladi. Uglerod yonganida 
uglerodning gazsimon oksidi hosil bo'ladi. Bu oksid kesuvchi kislorodni 
ifloslantiradi va kesish joyida temiming yonishiga to‘sqinlik qiladi.
Rangli metallar (mis, latun, bronza) ning issiqlik o'tkazuvchanligi 
nihoyatda yuqori bo‘lib, kislorod bilan oksidlanganida kesilayotgan 
joyda metalning yonishini davom ettirish uchun yetarli bo‘lmagan 
issiqlik ajralib chiqadi. Bunday metallami kislorod yordamida kesganda 
ham kesish jarayoniga to'sqinlik qiluvchi qiyin eriydigan oksidlar hosil 
bo‘ladi. Shu sababli cho‘yan, bronza va latunni flyuslar yordamidagina 
kesish mumkin.
Cho‘yanni kesishda kukunga ferrofosfor qo‘shiladi. Cho‘yanni 
kesish tezligi zanglamaydigan po‘latni kesish tezligidan 5 0 - 5 5 % kam 
bo‘ladi. Mis va bronzani kesishda flyusga ferrofosfor va aluminiy 
qo‘shiladi, metall esa 200 - 400°C ga qadar qizdirib kesiladi.
Nayzali kesish. Nayzali kesish 8 0 0 -1 2 0 0 mm qalinlikdagi po'lat 
detallarni hamda temir betonlami kesishda qo'llaniladi. Kislorodli nayza 
- p o ‘lat quvurcha orqali kislorod o'tadi. Nayzaning ishchi qismi 1350 -
1400°C haroratgacha oldindan qizdirilgandan so‘ng kislorod uzatilsa 
asta-sekin oksidlanishni (yonishni) boshlaydi, shu tariqa yonish harorati 
2000°C gacha oshirib boriladi. Nayzani yoqishdan 
oldin kislorod 
bosimi uncha katta olinmaydi. Nayzaning ishchi qismi alangalanishidan 
so‘ng uni kesiladigan metall yuzasiga yaqinlashtiriladi va alangani 
metalga to‘liq botirgandan so‘ng kislorod bosimini talab etilgan ishchi 
qiymatigacha ko‘tariladi. Shu tariqa davriy ravishda qaytma-ilgarilanma 
(100 —200mm amplituda bilan) va aylanma (ikki tomonga 1 0 -1 5 °
burchakka) harakat bajariladi. Metalda teshik ochish jarayonida 
nayzaning yon tomonini doimo ishlov berilayotgan metallga bosib turish 
kerak, faqat qaytma-ilgarilanma harakatda qisqa vaqtga ajratib turiladi. 
Yonish jarayonida nayza borgan sari kaltalashib boradi.
Teshik ochish jarayonida hosil bo‘lgan shiaklar kislorod va gaz 
bosimi bilan nayza quvurchasi va ochilayotgan teshik devori orasidan 
tirqishga chiqariladi (8.7-rasm).
Hosil bo‘lgan teshik taxminan dumaloq shaklga ega bo‘ladi.
Gaz bilan changlatish. Gaz bilan changlatish jarayoni quyidagicha 
kechadi. Metallashgan apparatning changlatitsh kallagiga changlatuvchi 
metallning metall simi to‘xtovsiz uzatilib turiladi, ular atsetilen-kislorod 
yoki propan-kislorod alangasi yordamida eritiladi.

Download 4.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling