Abralov, N. S. Dunyashin


(h— toblangan yuza chuqurligi)


Download 4.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/74
Sana28.10.2023
Hajmi4.45 Mb.
#1730828
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74
Bog'liq
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari

(h— toblangan yuza chuqurligi).
Oddiy usul bilan toblanadigan hamma uglerodli, kam legirlangan 
poiatlam i gaz bilan toblab ishlov berish mumkin. Detallar (tishli 
g‘ildiraklar, shestemalar, prokat valiklar, shpindel va boshqalar) gaz 
bilan toblansa, ulaming sifati va ishlash muddati oshadi.
Metallami gaz bilan to‘g‘rilash. To‘g ‘rilaSh - bu buyum, tanovar 
yoki tunukaning boshlang'ich shaklini texnologik operatsiya jarayonida 
plastik deformatsiyalashdir.
Gaz bilan to ‘g ‘rilashning fizik mohiyati shundan iboratki, detalni 
gaz alangasi bilan qizdirish natijasida chiziqli o‘lcham va shakllari 
plastik deformatsiyalar hosil qiladi. Alanga ta ’sir etayotgan joyda qizish 
zonasi katta bo‘ladi, vaholanki uzayishi ham katta bo‘ladi. Shuning 
uchun qavariq tomonni qizdirish kerak.
118


8.10-rasm. Metalni gaz bilan to ‘g'rilash sxemasi
Yuzalarni kirlardan gaz bilan tozalash. Kislorod-atsetilenli 
alangani poiatli konstruksiya va buyumlami zang, eski bo‘yoqlardan 
tozalash uchun hamda yuzani bo'yashga yaxshilab tayyorlash uchun 
ishlatiladi. Gaz alangali tozalashni buyumlaming shakl va oicham - 
laridan qat’iy nazar hamma buyumlar uchun ishlatiladi. U murakkab 
jihoz va tayyorgarlikni talab etmaydi, sodda, arzon, qumq yuzani ta’min 
etadi, bo‘yoqlash uchim butunlay tayyorlab beradi.
Metall yuzasini qum sharrasi bilan tozalash, jilvir qog'oz bilan 
tozalash va boshqa mexanik usullar bilan tozalash silliq yuzani hosil 
qiladi, lekin uning strukturasini buzadi. Gaz alangasi bilan tozalashda 
esa kuirang, tekis, yuza qatlami shikastlanmagan tekisilik hosil boiadi.
Metall kuyindisi va p o iat, turli issiqlik kengayish koeffitsiyentiga 
ega. Yuzani kislorod-atsetilenli alanga bilan intensiv va tez qizdirish 
natijasida metall kuyindisi qatlam b o iib ko‘chadi. P o ia t tunukasi 
yuzasidan zang suvsizlanadi hamda oson ko‘chadi. Qolgan kirlar simli 
cho‘tka bilan tozalanadi. Gorelka alangasi bilan birinchi marta 
o'tilganda 70% metall kuyindisi olib tashlanadi; ikkinchi marta 
o‘tilganda, birinchisiga nisbatan perpendikular yo'nalishda yurgiziladi 
va qoldiq metall kuyindilari butunlay olib tashlanadi.
Nazorat savollari
1. Gaz alangasida ishlov berish deb nimaga aytiladi?
2. Nima uchun gaz bilan payvandlash uchun gaz-havo alangasidan 
foydalanish qiyin?
3. Yuzalarni kirlardan gaz bilan tozalash qanday bajariladi?
119


4. Metallami gaz bilan to ‘g ‘rilash qanday bajariladi?
5. Gaz bilan yuzalarni toblash qanday bajariladi?
6. Gaz bilan changlatish qanday bajariladi?
7. Nayzali kesish qanday bajariladi?
8. Kislorod-flyus bilan kesish qanday bajariladi?
9. Kislorod bilan kesish qanday bajariladi?
10. Gaz bilan kavsharlash qanday bajariladi?
120


9-BOB. GAZ ALANGASIDA ISHLOV BERISHDA 
ISHLATILADIGAN JIHOZLAR
9.1. Atsetilen generatorlari
Atsetilen generatori deb gazsimon atsetilen hosil qilish uchun kalsiy 
karbidini suv bilan parchalashga m oijallangan apparatga aytiladi. 
Generator kalsiy karbididan foydali foydalanish koeffitsiyentining 
yuqori boiishini ta’minlashi zarur. Foydali foydalanish koeffitsiyenti 
deb amalda hosil qilingan atsetilen hajmi Vu ning solingan barcha 
karbiddan olish mumkin boig an hajm Vn ga nisbatiga aytiladi:
Hozirgi generatorlaming foydali foydalanish koeffitsiyenti - 0,85 
dan 0,98 gacha boiadi.
Reaksiya zonasidagi suv va so'ndirilgan ohak harorati 80°C dan, 
hosil boiadigan gazniki esa 115°C dan oshmasligi kerak. Tarmoqqa 
yoki gorelka shlangiga keladigan atsetiienning harorati atrofdagi 
muhitnikidan ко‘pi bilan 10-15°C ortiq b oiishi mumkin. Atsetilen bilan 
toig'azilgan gaz sigimlaridagi ortiqcha bosim 15 kPa dan ortiq 
boim asligi lozim. Ko‘chma generatorlardan atrof-muhit harorati 
-25...+40°C chegarasida foydalanish mumkin.
ГОСТ 5190-78 ga ko‘ra atsetilen generatorlari quyidagi tarzda 
klassifikatsiyalanadi:
1) ish unumi bo‘yicha: 0,5; 0,75; 1,25; 2,5; 3; 5; 10; 20; 40; 80; 160 
va 320 m3/soat atsetilen;
2) tuzilishi bo'yicha: ko'chma va statsionar generatorlar. Ko'chma 
generatorlar ish unumi 3 m3/soat gacha tayyorlanadi;
3) ishlab chiqiladigan atsetiienning bosimi bo‘yicha:
- past bosimli — 10 kPa gacha,
- o'rtacha bosimli — 10 dan 70 kPa gacha
- yuqori bosimli 70 - 150 kPa gacha
4) kalsiy karbidining suv bilan ta’sirlashish usuli bo‘yicha (9.1 -
rasm):
121


- "karbid suvga" (KS);
- "suv karbidga" (SK);
- "suvni siqib chiqarish" (SSCH);
- kombinatsiyalangan - "suv karbidga" va "suvni siqib chiqarish" 
(SK va SSCH).
KS tizimidagi generatorlarda (9.1 - a rasm) kalsiy karbidi m a’lum 
miqdorda yuklash bunkeri (1) dan to ‘sqich orqali suv quyilgan gaz 
yig‘gich (4) ga uzatiladi. Hosil bo'ladigan atsetilen suv orqali o'tadi, gaz 
yig‘gich (4) ning yuqorigi qismida to ‘planadi va payvandlash joyiga 
yoki saqlash uchun shtuser (6) orqali uzatiladi. So‘ndirilgan ohak 
to‘plana borgani sari tubdagi teshik (5) orqali chiqarib tashlanadi. 
Atsetilen sarflanib bosimi pasayib borgani sari gaz yig‘gich (4) ga yana 
kalsiy karbidi ma’lum miqdorda solinadi.

Download 4.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling