Absorbsiya
Absorbsiyaning moddiy balansi va kinetik qonuniyatlari
Download 109.59 Kb.
|
4-mavzu ABSORB
- Bu sahifa navigatsiya:
- u=u-u
5.10. Absorbsiyaning moddiy balansi va kinetik qonuniyatlari
Absorbsiya jarayonining moddiy balansi quyidagi ko‘rinishdagi umumiy tenglama bilan ifodalanadi: Oxirgi tenglamani boshlang‘ich va oxirgi konsentratsiyalar oraligida integrallagandan so‘ng, undan absorbent sarfini (kmol/s) aniqlash mumkin: (5.78) 1 kmol inert gaz uchun zarur solishtirma sarf: (5.79) Absorberda konsentratsiyaning o‘zgarishi (5.8) va (5.9) tenglamalar bilan ifodalanadi. Jarayon ishchi chizig‘i u-x koordinatalarida to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi. Uning qiyalik burchagi tangensi l = L/G. Absorbent solishtirma sarfining absorber o‘lchamiga va suyuq fazada tarqalayotgan moddaning oxirgi konsentratsiyasiga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Absorberda fazalar yo‘nalishi parallel deb qabul qilamiz. u-x koordinatalarning V nuqtasida aniqlanayotgan suyuq fazada tarqala-yotgan moddaning boshlang‘ich konsentratsiyasi xb, gaz fazasidagi boshlang‘ich konsentratsiya ub, oxirgisi esa - uox (5.13-rasm). Fazalar muvozanat holati um = f(x) tenglamaga binoan turli qiyalik burchagi ostida bir nechta ishchi chiziqlar o‘tkazamiz. Rasmdagi A1, A2, A3 nuqtalar gaz faza va absorbentdagi boshlang‘ich va oxirgi konsentratsiyalarni xarakterlaydi. Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi ishchi va muvozanat chiziqlar o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi, ya’ni u=u-um. Butun qurilma uchun o‘rtacha harakatga keltiruvchi kuch o‘rtacha logarifmik qiymat sifatida topiladi. Agar, ishchi chiziq VA vertikal chiziq bilan ustma-ust tushsa, harakatga keltiruvchi kuch eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Agar, (5.79) tenglamaga xox= xb qo‘yilsa, absorbentning sarfi cheksiz bo‘ladi. Boshqa holatda esa, ya’ni ishchi chiziq VA3 muvozanat chizig‘i bilan tutashsa, absorbentning sarfi minimal va tutashish nuqtasida harakatga keltiruvchi kuch nolga teng bo‘ladi, chunki ub = um . B irinchi holatda absorberning o‘lchamlari minimal bo‘ladi, chunki absorbentning cheksiz sarfida uo‘r maksimal qiymatga egadir. Ikkinchi holatda esa, absorbentning sarfi minimal bo‘lganda absorbentning o‘lchamlari cheksiz bo‘ladi. Massa almashinish, shu jumladan, absorbsiya jarayonida ham muvozanatga erishib bo‘lmaydi, chunki har doim (xox < xm). Demak, absorbentning sarfi har doim minimal qiymatdan katta bo‘lishi kerak. Absorbentning minimal sarfini quyidagi tenglamadan topish mumkin: (5.80) Absorbentning optimal sarfi texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida aniqlanadi. 1 kmol gazni yutish uchun zarur sarflar gaz va ekspluatatsiya narxi S1, amortizatsiya va ta’mirlash uchun sarflar, energiya narxi S2, gazni uzatish va desorbsiya S3 ga ketadigan harajatlar yig‘indisiga teng: Ma’lumki, S1 kattalik absorbentning solishtirma sarfiga bog‘liq emas. Agar, l ortsa, absorberning ishchi balandligi va uning gidravlik qarshiligi kamayadi. Lekin, bunda qurilmaning diametri kattalashadi. SHunday kilib, S2 = f(l) funksiya minimumga ega bo‘lishi mumkin. Absorbentning solishtirma sarfi l oshishi bilan gazni uzatish va desorbsiyasiga ketadigan sarflar S3 ko‘payadi. 5.14-rasmda yuqorida keltirilgan bog‘liqliklar xarakteristikalari tasvirlangan. ¥amma egri chiziqlar ordinatalarini qo‘shsak, 1 kmol gazni absorbsiya qilish uchun zarur sarflar yig‘indisi egri chizig‘ini olamiz. Ushbu egri chiziqning minimumi, absorbent optimal solishtirma sarfiga to‘g‘ri keladi. Download 109.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling