Absorbsiya
ADSORBSIYA 5.30. Umumiy tushunchalar
Download 109.59 Kb.
|
4-mavzu ABSORB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy adsorbsiya yoki xemosorbsiya
ADSORBSIYA
5.30. Umumiy tushunchalar Gaz aralashmalari gaz yoki bug‘larni yoki eritmalardan erigan moddalarni qattiq, g‘ovaksimon jism yordamida yutish jarayoni adsorbsiya deb nomlanadi. YUtilayotgan modda adsorbtiv, yutuvchi modda esa – adsorbent deb ataladi. Adsorbsiya jarayonining o‘ziga xosligi shundaki - u selektiv va qaytar jarayondir. Jarayonning qaytar bo‘lishligi tufayli adsorbent yordamida bug‘ – gaz aralashamalaridan bir yoki bir necha komponentlarni yutish, so‘ng esa maxsus sharoitda ularni adsorbentdan ajratib olish mumkin. Adsorbsiyaga teskari jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Adsorbsiya jarayoni xalq xo‘jaligining turli soµalarida keng tarqalgan bo‘lib, gazlarni tozalash va qisman quritish, eritmalarni tozalash va tindirish, bug‘ - gaz aralashmalarini ajratish uchun ishlatiladi. Adsorbsiya jarayon 2 xil bo‘ladi, ya’ni fizik va kimyoviy adsorbsiya. Agar, adsorbent va adsorbtiv molekulalarining o‘zaro tortishishi Van-der-Vaals kuchlari ta’siri ostida sodir bo‘lsa, bunday jarayon fizik adsorbsiya deb nomlanadi. Fizik adsorbsiya jarayonida adsorbent va adsorbtivlar o‘rtasida kimyoviy o‘zaro ta’sir bo‘lmaydi. Adsorbsiya jarayonida bug‘larning yutilishi paytida ular kondensatsiyalanadi, ya’ni adsorbent kovaklari suyuqlik bilan to‘lib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, adsorbentda kapillyar kondensatsiya ro‘y beradi. Kimyoviy adsorbsiya yoki xemosorbsiya adsorbent va yutilgan modda molekulalari orasida kimyoviy bog‘lar µosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu albatta kimyoviy reaksiyaning natijasidir. Undan tashqari, xemosorbsiya jarayonida kimyoviy reaksiya tufayli katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Odatda adsorbsiya jarayonida ajralib chiqadigan issiqlik adsorbsiya issiqligi (J/kg) deb nomlanadi va u tajribaviy usulda yoki quyidagi formula yordamida µisoblanadi: (5.165) bu erda p1 va p2 - tegishli absolyut temperaturalar T1 va T2 larda adsorbent ustidagi yutilayotgan moddaning muvozanat bosimlari. SHunday qilib, xemosorbsiya jarayoni yuqori temperaturada kichik tezliklarda sodir bo‘ladi. Adsorbsiya jarayonining selektivligi adsorbent va yutilayotgan komponentning konsentratsiyasiga temperaturaga, tabiatiga va gazlar yutilayotganda bosimga bog‘liqdir. Undan tashqari, jarayon tezligi adsorbentlarning solishtirma yuza kattaligiga µam bog‘liq. Download 109.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling