Abstrakt algebra
Download 0,99 Mb.
|
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2.2-teorema.
5.2.1-misol. 1) nZ to‘plam (Z, +, ·) halqaning qism halqasi bo‘ladi.
Biz 5.2.2-teoremada halqaning biror qism to‘plami qism halqa bo‘lishi zaruriy va yetarlilik shartini keltirdik. Xuddi shunga o‘xshab, F maydonning bo‘sh bo‘lmagan S qism to‘plami qism maydon bo‘lishi uchun quyidagi shartlarning bajarishi zarur va yetarli: 1) |S| ≥ 2;
5.2.2-misol. Q(√2) = {a + b√2 | a, b ∈ Q} to‘plam R maydonning qism may- doni bo‘ladi. H√aqiqatda√n ham, b√u to‘plamning elementlari soni ikkitadan ko‘p va ixtiyoriy a + b 2, c + d 2 ∈ Q( 2) uchun a + b√2 − (c + d√2) = a − c + (b − d)√2 ∈ Q(√2), (a + b√2) · (c + d√2) = ac + 2bd + (ad + bc)√2 ∈ Q(√2). Bundan tashqari noldan farqli a + b√2 ∈ Q(√2) element uchun (a + b√2)−1 = 1 √ = a − b√2 = a − b √2 ∈ Q(√2). a + b 2 a2 − 2b2 a2 − 2b2 a2 − 2b2 Quyidagi teoremada qism halqalarning kesishmasi yana qism halqa bo‘lishini ko‘rsatamiz. T 5.2.2-teorema. Ixtiyoriy sondagi qism halqalarning (maydonlarning ) kesishmasi yana qism halqa (qism maydon) bo‘ladi. Isbot. Bizga R halqaning Ri qism halqalari berilan bo‘lsin. Ri to‘plamning i T ham qism halqa ekanligini ko‘rsatamiz. Nol element ixtiyoriy qism halqaga tegishli bo‘lganligi uchun qism halqalarning kesishmasida ham yotadi, demak Ri /= ∅. Aytaylik, x, y ∈ T Ri bo‘lsin, u holda ixtiyoriy i uchun x, y ∈ R bo‘lib, R i i i T to‘plamlarning qism halqa ekanligidan, x − y, x · y ∈ Ri munosabat ixtiyoriy i uchun bajarilishi kelib chiqadi. Bundan esa, x − y, x · y ∈ Ri hosil bo‘ladi. T i Demak, Ri qism halqa. i Endi ideal tushunchasini kiritamiz. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek halqa- ning ideali tushunchasi gruppaning normal bo‘luvchisinining analogi hisoblanadi. Bizga R halqa va uning bo‘sh bo‘lmagan I qism to‘plami berilgan bo‘lsin. Quyidagi shartlarni qaraymiz:
5.2.2-ta’rif. Agar R halqaning bo‘sh bo‘lmagan I qism to‘plami uchun (1) va (2) shartlar o‘rinli bo‘lsa, u holda I to‘plam R halqaning chap ideali deb ataladi. Agar (1) va (3) shartlar o‘rinli bo‘lsa, u holda I to‘plam R halqaning o‘ng ideali deb ataladi. Agar (1), (2) va (3) shartlar o‘rinli bo‘lsa, u holda I to‘plam R halqaning ikki yoqlama ideali deb ataladi. Ikki yoqlama ideallar qisqacha ideal deb ham nomlanadi. Ta’kidlash joizki, ixtiyoriy R halqada {0} va R to‘plamlar ideal bo‘lib, ular R halqaning trivial ideallari deyiladi. Trivial bo‘lmagan ideallarga notrivial ideallar deyiladi. 5.2.3-ta’rif. Agar R halqaning notrivial ideallari mavjud bo‘lmasa, u holda bun- day halqaga sodda halqa deb ataladi. Quyida butun sonlar va matritsalar halqalarining ba’zi ideallariga misollar keltiramiz. 5.2.3-misol. 1) nZ to‘plam (Z, +, ·) halqaning ideali bo‘ladi. 2) (M2(R), +, ·) halqaning quyidagi qism to‘plamlarini qaraylik: b 0 1 I = a 0 | a, b ∈ R , I = a b 2 0 0 | a, b ∈ R , 0 0 3 I = a 0 | a ∈ R . I1 to‘plam M2(R) halqaning chap ideali, I2 to‘plam esa o‘ng ideali bo‘ladi. I3 to‘plam M2(R) halqaning qism halqasi bo‘lib, ideal tashkil qilmaydi. Endi halqaning markazi tushunchasini kiritamiz. Bizga qandaydir R halqa berilgan bo‘lsin, ushbu C(R) = {a ∈ R | ab = ba, ∀ b ∈ R} to‘plamga R halqaning markazi deb ataladi. Ravshanki, R kommutativ halqa bo‘lishi uchun R = C(R) bo‘lishi zarur va yetarli. Ta’kidlash joizki, ixtiyoriy halqaning markazi qism halqa bo‘ladi, chunki ∀a, b ∈ C(R) elementlar uchun ax = xa va bx = xb bo‘lib, bundan esa (a − b)x = ax − bx = xa − xb = x(a − b), (ab)x = a(bx) = a(xb) = (ax)b = (xa)b = x(ab) kelib chiqadi, ya’ni a − b, ab ∈ C(R). Demak, C(R) qism halqa. Lekin halqa- ning markazi ideal bo‘lishi shart emas. Masalan, M2(R) matritsalar halqasining markazi a 0 0 a ko‘rinishidagi matritsalardan iborat bo‘lib, ideal tashkil qil- maydi. Aytaylik, R kommutativ halqa va I uning ideali bo‘lsin. Quyidagi to‘plamni aniqlaymiz AnnI = {r ∈ R | r · a = 0, ∀a ∈ I}. Ushbu to‘plam R halqaning I ideali bo‘yicha annulyatori deb ataladi. Halqan- ing biror ideali bo‘yicha annulyatori ideal tashkil qilishini ko‘rsatish qiyin emas. Haqiqatdan ham, agar r1, r2 ∈ AnnI bo‘lsa, u holda ∀a ∈ I uchun r1a = r2a = 0. Quyidagi (r1 − r2) · a = r1 · a − r2 · a = 0, (x · r) · a = x · (r · a) = 0 tengliklardan r1 − r2 ∈ AnnI va ∀x ∈ R uchun x · r ∈ AnnI ekanligi kelib chiqadi. Biz 5.2.2-teoremada qism halqalarning kesishmasi yana qism halqa ekanligini ko‘rsatgan edik. Xuddi shunga o‘xshab ideallarning ham kesishmasi yana ideal bo‘lishini ko‘rsatish qiyin emas. Ya’ni quyidagi teorema o‘rinli. 5.2.3-teorema. Ixtiyoriy sondagi bo‘sh bo‘lmagan chap (o‘ng ) ideallarning ke- sishmasi ham chap (o‘ng ) ideal bo‘ladi. Endi R halqaning X qism to‘plami orqali hosil qilingan ideal tushunchasini kiritamiz. Berilgan X to‘plamni o‘z ichiga oluvchi ideallarning kesishmasiga X to‘plam orqali hosil qilingan ideal deyiladi va ⟨X⟩ kabi belgilanadi. Ma’lumki, ushbu ⟨X⟩ ideal X to‘plamni o‘z ichiga oluvchi eng kichik ideal bo‘ladi. X to‘plamni o‘z ichiga oluvchi chap va o‘ng ideallarning kesishmalari esa mos ra- vishda ⟨X⟩l va ⟨X⟩r orqali belgilanadi. Agar X to‘plam bitta elementdan iborat, ya’ni X = {a} bo‘lsa, u holda ⟨{a}⟩ belgilash o‘rniga ⟨a⟩ belgilashdan foydalanilib, ushbu idealga bosh ideal deb ataladi. 5.2.4-ta’rif. Barcha ideallari bosh ideal bo‘ladigan halqaga bosh ideallar halqasi deb ataladi. Butun sonlar halqasi bosh ideallar halqasi bo‘ladi. Chunki, butun sonlar halqasining barcha ideallari nZ ko‘rinishida bo‘lib, nZ = ⟨n⟩. Ya’ni, Z halqaning barcha ideallari bosh ideal bo‘ladi. 5.2.4-teorema. Aytaylik, R halqa va uning bo‘sh bo‘lmagan X qism to‘plami berilgan bo‘lsin. U holda ushbu to‘plam orqali hosil qilingan chap va o‘ng ideallar uchun quyidagilar o‘rinli: ⟨X⟩l = ⟨X⟩r = k (Σ (Σ l i=1 k i=1 l riai + airi + Σj=1 Σj=1 njbj | ri ∈ R, nj ∈ Z, ai, bj ∈ X) , njbj | ri ∈ R, nj ∈ Z, ai, bj ∈ X) . Isbot. Aytaylik, A = k i=1 riai + l j=1 njbj | ri ∈ R, nj ∈ Z, ai, bj ∈ X) (Σ Σ bo‘lsin. Biz A = ⟨X⟩l ekanligini ko‘rsatamiz. ⟨X⟩l to‘plam barcha chap ideallar- ning kesishmasi bo‘lganligi uchun X ⊆ ⟨X⟩l munosabat o‘rinli. Bundan tashqari, ⟨X⟩l to‘plam yig‘indiga va halqaning biror elementiga chapdan ko‘paytirishga nisbatan yopiq bo‘lganligi uchun A to‘plamning ixtiyoriy elementi ⟨X⟩l idealda yotishi kelib chiqadi. Demak, A ⊆ ⟨X⟩l. Endi ushbu munosabatning teskarisi o‘rinli ekanligini ko‘rsatamiz. Buning uchun A to‘plam X to‘plamni o‘z ichiga oluvchi chap ideal bo‘lishini ko‘rsatish kifoya. Ixtiyoriy x ∈ X uchun x = 0 · x + 1x ekanligidan x ∈ A kelib chiqadi, ya’ni X ⊆ A. Bundan tashqari A to‘plamning ixtiyoriy a, b ∈ A elementlari va r ∈ R element uchun a − b ∈ A va ra ∈ A ekanligini ko‘rsatish qiyin emas. Demak, A to‘plam X to‘plamni o‘z ichiga oluvchi chap ideal bo‘ladi. Bu esa ⟨X⟩l ⊆ A ekanligini bildiradi. Demak, A = ⟨X⟩l. Teoremadagi ikkinchi tenglik ham birinchisi kabi ko‘rsatiladi. Agar R halqa biri bor halqa bo‘lsa, u holda yuqoridagi teoremadagi tengliklar quyidagi ko‘rinishga keladi: ⟨X⟩l = ⟨X⟩r = k (Σ (Σ i=1 k i=1 riai | ri ∈ R, ai ∈ X) , airi | ri ∈ R, ai ∈ X) . Bosh ideallar uchun esa quyidagi munosabatlarni olamiz. 5.2.1-tasdiq. Bizga R halqa va uning a ∈ R elementi berilgan bo‘lsin. U holda quyidagilar o‘rinli:
k Σ i=1 riasi | r, s, ri, si ∈ R, n ∈ Z}.
Σ k
riasi | ri, si ∈ R, n ∈ Z}. i=1
Berilgan R halqaning ixtiyoriy a ∈ R elementi uchun quyidagi to‘plamlarni qaraymiz Ra = {ra | r ∈ R}, aR = {ra | r ∈ R}. Ushbu to‘plamlar R halqaning mos ravishda chap va o‘ng ideallari bo‘ladi. Ushbu ideallar a elementni o‘z ichida olmasligi ham mumkin. Agar R biri bor halqa bo‘lsa, u holda a ∈ Ra va a ∈ aR. Bundan tashqari, agar R biri bor halqa bo‘lib, a ∈ C(R) bo‘lsa, u holda Ra = aR = ⟨a⟩ bo‘ladi. Demak, biri bor kommutativ halqalar uchun har doim Ra = aR = ⟨a⟩ tenglik o‘rinli bo‘lar ekan. Biz yuqorida butun sonlar halqasi bosh ideallar halqasi bo‘lishini ko‘rsatgan edik. Quyidagi teoremada esa biror maydon ustida berilgan ko‘phadlar halqasi bosh ideallar halqasi ekanligini ko‘rsatamiz. 5.2.5-teorema. Biror maydon ustida berilgan ko‘phadlar halqasi bosh ideallar halqasi bo‘ladi. Isbot. Aytaylik, F maydon berilgan bo‘lib, F[x] ko‘phadlar halqasi bo‘lsin. Ma’lumki, F[x] halqa biri bor kommutativ halqa bo‘ladi. Ushbu halqaning ix- tiyoriy J idealini bosh ideal ekanligini ko‘rsatamiz. Aytaylik, g(x) ko‘phad J idealning darajasi eng kichik bo‘lgan elementi bo‘lsin. U holda ixtiyoriy f (x) ∈ J ko‘phad uchun f (x) = g(x)· q(x) + r(x), deg(r(x)) < deg(g(x)) munosabat o‘rinli. J ideal bo‘lganligi uchun r(x) = f (x) − g(x) · q(x) ∈ J. Tanlangan g(x) ko‘phad J idealning darajasi eng kichik elementi bo‘lganligi uchun r(x) = 0 ekanligiga, ya’ni ixtiyoriy f (x) ∈ J uchun f (x) = g(x) · q(x) tenglikka ega bo‘lamiz. Bu esa J = ⟨g(x)⟩ ekanligini bildiradi. Ta’kidlash joizki, 5.2.5-teoremada F ning maydon bo‘lishi muhim. Chunki, halqalar ustida berilgan ko‘phadlar halqasi har doim ham bosh idellar halqasi bo‘lavermaydi. Masalan, Z[x] ko‘phadlar halqasini qarasak, ushbu halqa bosh ideallar halqasi emas. Chunki uning ozod hadi juft butun sonlardan iborat bo‘lgan qism halqasi ideal bo‘lib, bosh ideal bo‘lmaydi. Aytaylik, R halqaning A, B bo‘sh bo‘lmagan qism to‘plamlari berilgan bo‘lsin. Quyidagi belgilashlarni kiritamiz: A + B = {a + b | a ∈ A, b ∈ B}, AB = {a1b1 + a2b2 +· · · + anbn | ai ∈ A, bi ∈ B}. Agar bir nechta A1, A2, . . . , An qism to‘plamlar berilgan bo‘lsa, induktiv tarzda A1 + A2 + · · · + An va (. . . (A1A2)A3 . . . )An to‘plamlarni ham aniqlash mumkin. 5.2.6-teorema. R halqaning A, B, C va A1, A2, . . . , An ideallari uchun quyidagi- lar o‘rinli:
3) (A + B) + C = A + (B + C).
7) B(A1 + A2 + · · · + An) = BA1 + BA2 + · · · + BAn. 8) (A1 + A2 + · · · + An)B = A1B + A2B + · · · + AnB. Isbot. Teoremaning isboti idealning ta‘rifidan va induksiya metodini qo‘llash orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib chiqadi. Biz endi faktor gruppalar kabi faktor halqa tushunchasini kiritamiz. Ay- taylik, R halqaning I ideali berilgan bo‘lsin. Ma’lumki, (I, +) additiv gruppa (R, +) gruppaning normal bo‘luvchisi bo‘ladi. U holda biz R/I faktor gruppani aniqlashimiz mumkin, ya’ni R/I to‘plamning a + I va b + I elementlari uchun (a + I) + (b + I) = (a + b) + I. Endi ushbu elementlarning ko‘paytmasini (a + I) · (b + I) = ab + I kabi aniqlaymiz. Demak, R/I to‘plamda qo‘shish va ko‘paytirish amallari aniqlandi. Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling