Abstrakt algebra
Download 0,99 Mb.
|
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.6.4-teorema.
- 5.6.1-natija.
- 5.6.5-teorema.
5.6.3-teorema. Nyoter halqasining gomomorf obrazi ham Nyoter halqa bo‘ladi.
Isbot. Aytaylik, R Nyoter halqasi bo‘lib, f : R → S epimorfizm berilgan bo‘lsin. S halqaning J1 ⊂ J2 ⊂ · · · ⊂ Js ⊂ . . . ideallardan iborat o‘suvchi zanjirini qarasak, ushbu ideallar uchun Ik = f −1(Jk) to‘plamlar R halqaning ideallari bo‘lib, I1 ⊂ I2 ⊂ · · · ⊂ Is ⊂ . . . munosabat o‘rinli. R halqa Nyoter halqasi bo‘lganligi uchun shunday n soni topi- lib, In = In+1 = . . . . Bundan esa, f akslantirishning epimorfizm ekanligidan foy- dalansak, Jn = Jn+1 = . . . kelib chiqadi. Demak, S halqa ham Nyoter halqasi. 5.6.4-teorema. R halqaning I ideali berilgan bo‘lib, I va R/I halqalar Nyoter halqalari bo‘lsa, u holda R ham Nyoter halqasi bo‘ladi. Isbot. Aytaylik, R halqaning A1 ⊂ A2 ⊂ · · · ⊂ As ⊂ . . . ideallardan iborat o‘suvchi zanjiri berilgan bo‘lsin. U holda ϕ : R → R/I tabiiy gomomorfizm uchun ϕ(A1) ⊂ ϕ(A2) ⊂ · · · ⊂ ϕ(As) ⊂ . . . ideallar R/I halqadagi o‘suvchi zanjir bo‘ladi. R/I halqa Nyoter halqasi bo‘lganligi uchun shunday n soni topilib, ϕ(An) = ϕ(An+1) = . . . . Bundan tashqari, A1 ∩ I ⊂ A2 ∩ I ⊂ · · · ⊂ As ∩ I ⊂ . . . ideallar I Nyoter halqasining o‘suvchi zanjiri bo‘lib, shunday m soni uchun Am∩I = Am+1∩I = . . . . U holda k = max{n, m} uchun ϕ(Ak) = ϕ(Ak+1) = . . . va Ak ∩ I = Ak+1 ∩ I = . . . munosabatlar o‘rinli. Biz endi, Ak = Ak+1 = . . . ekanligini ko‘rsatamiz. Buning uchun Ak = Ak+1 tenglikni ko‘rsatish yetarli. Ixtiyoriy b ∈ Ak+1 element olsak, ϕ(Ak) = ϕ(Ak+1) bo‘lgani uchun c ∈ Ak element topilib, ϕ(b) = ϕ(c). Bundan esa, b + I = c + I ekanligi, ya’ni b − c ∈ I kelib chiqadi. Ikkinchi tomondan esa, b − c ∈ Ak+1 bo‘lganligi uchun b − c ∈ Ak+1 ∩ I = Ak ∩ I, ya’ni b − c ∈ Ak. Bu esa, b ∈ Ak ekanligini, ya’ni Ak = Ak+1 tenglik o‘rinliligini anglatadi. Demak, R halqa Nyoter halqasi. 5.6.1-natija. R1 va R2 Nyoter halqalarining to‘g‘ri yig‘indisi ham Nyoter halqasi bo‘ladi. Isbot. R1 ⊕ R2 halqa uchun (R1 ⊕ R2)/R1 faktor halqani qarasak, (R1 ⊕ R2)/R1 ∼= R2 bo‘lib, R1 va R2 halqalar Nyoter halqalari bo‘lganligi uchun 5.6.4-teoremaga ko‘ra R1 ⊕ R2 ham Nyoter halqasi ekanligi kelib chiqadi. Ta’kidlash joizki, 5.6.1-natija chekli sondagi Nyoter halqalari uchun ham o‘rinli. Ya’ni R1, R2, . . . , Rn Nyoter halqalarining to‘g‘ri yig‘indisi R1 ⊕ R2 ⊕ · · · ⊕ Rn ham Nyoter halqasi bo‘ladi. 5.6.5-teorema. Agar R halqa kommutativ va birlik elementli Nyoter halqasi bo‘lsa, u holda R[x] ko‘phadlar halqasi ham Nyoter halqasi bo‘ladi. ⊂ Isbot. Teoremani isbotlash uchun R[x] halqadning ixtiyoriy A idealining hosil qiluvchi elementlari soni chekli ekanligini ko‘rsatamiz. A R[x] idealning darajasi n ga teng bo‘lgan ko‘phadlari xn hadi oldidagi ko‘effitsiyentlaridan va noldan iborat to‘plamni In orqali belgilaymiz. Ushbu In to‘plam R halqaning ideali bo‘ladi. Haqiqatdan ham, a, b ∈ In bo‘lib, a 0, b /= 0 bo‘lsa, u holda shunday f (x), g(x) ∈ A ko‘phadlar topilib, deg(f (x)) = deg(g(x)) = n va bu ko‘phadlarning xn hadi oldidagi koeffitsiyentlari mos ravishda a va b ga teng. Agar a − b = 0 bo‘lsa, u holda a − b ∈ In. Agar a − b 0 bo‘lsa, f (x) − g(x) ∈ A va deg(f (x) − g(x)) = n bo‘lganligi hamda a − b element f (x) − g(x) ko‘phadning xn hadi oldidagi koeffitsiyenti ekanligidan n a − b ∈ In kelib chiqadi. Endi, a ∈ In va r ∈ R elementlar uchun ar /= 0 bo‘lsa, u holda ushbu element rf (x) ko‘phadning x hadi oldidagi koeffitsiyenti bo‘lib, ar ∈ In bo‘ladi. R halqaning ushbu In ideallari uchun In ⊂ In+1 munosabat o‘rinli. Chunki, a ∈ In bo‘lsa, u holda qandaydir f (x) = axn + a1xn−1 + · · · + an−1x + an ∈ A ko‘phad mavjud bo‘lib, xf (x) = axn+1 + a1xn +· · · + an−1x2 + anx ∈ A ekanligidan a ∈ In+1 kelib chiqadi. Shunday qilib, biz R halqaning ideallaridan iborat bo‘lgan I0 ⊂ I1 ⊂ I2 ⊂ · · · ⊂ In ⊂ . . . o‘suvchi zanjirni hosil qildik. R halqa Nyoter halqasi bo‘lganligi uchun ushbu zanjir qandaydir m ta qadamdan keyin uziladi, ya’ni Im = Im+1 = Bundan tashqari, Nyoter halqasining ixtiyoriy ideali hosil qiluvchi elementlari soni chekli ekanligidan I0, I1, , Im ideallar ham hosil qiluvchi elementlari soni chekli bo‘lgan ideallardir, ya’ni Ik = ⟨ak,1, ak,2, . . . , ak,tk ⟩, 0 ≤ k ≤ m, bu yerda ak,j elementlar A idealning qandaydir k-darajali fk,j(x) ko‘phadlarning bosh koeffitsiyentlari. R[x] halqaning ushbu ko‘phadlar orqali hosil qilingan ide- alini B orqali belgilaymiz, ya’ni B = ⟨fk,j(x) | 0 ≤ k ≤ m, 1 ≤ j ≤ tk⟩. Ma’lumki, B ⊂ A. Biz endi A ⊂ B ekanligini, ya’ni ixtiyoriy f (x) ∈ A ko‘phadni B idealga tegishli ekanligini ko‘rsatamiz. Buning uchun f (x) ko‘phadning darajasi bo‘yicha induksiya usulidan foydalanamiz. Agar deg(f (x)) = 0 bo‘lsa, u holda f (x) ∈ I0 ⊂ B ekanligi ravshan. Endi A ide- alda yotuvchi darajasi s dan kichik bo‘lgan barcha ko‘phadlar B idealga ham tegishli bo‘lsin deb faraz qilib, f (x) = c0xs + c1xs−1 + · · · + cs−1x + cs ∈ A, c0 0 ko‘phadni qaraymiz. Agar s ≤ m bo‘lsa, u holda c0 ∈ Is bo‘lib, Is = ⟨as,1, as,2, . . . , as,ts ⟩ bo‘lganligi uchun ushbu c0 element as,1, as,2, . . . , as,ts elementlar orqali ifodalanadi, ya’ni c0 = r1as,1 + r2as,2 + · · · + rsas,ts, r1, r2, . . . , rs ∈ R. Bundan esa hs(x) = r1fs,1(x) + r2fs,2(x) + · · · + rsfs,ts (x) ko‘phadning B idealga tegishli ekanligi kelib chiqadi. Bundan tashqari, ushbu hs(x) ko‘phadning ham darajasi s ga, bosh koeffitsiyenti esa c0 ga teng. Demak, f (x) − hs(x) ∈ A ko‘phadning darajasi s dan kichik bo‘lib, induksiya faraziga ko‘ra, f (x) − hs(x) ∈ B kelib chiqadi, ya’ni f (x) ∈ B. Shunday qilib, biz s ≤ m bo‘lganda A ⊂ B ekanligini ko‘rsatdik. Endi s > m bo‘lgan holni qaraymiz. U holda c0 ∈ Is = Im = ⟨am,1, am,2, . . . , am,tm ⟩ bo‘lib, c0 = r1am,1 + r2am,2 + · · · + rmam,tm, bu yerda r1, r2, . . . , rm ∈ R. Endi quyidagi m g(x) = f (x) − xs−m r1fm,1(x) + r2fm,2(x) + · · · + rmfm,t (x) ko‘phadni qarasak, ushbu ko‘phadning darajasi s dan kichik bo‘lib, induksiya faraziga ko‘ra u B idealga tegishli. Ikkinchi tomondan esa r1fm,1(x) + r2fm,2(x) + · · · + rmfm,tm (x) ∈ B ekanligidan foydalansak, f (x) ∈ B kelib chiqadi. Shunday qilib, biz ixtiyoriy f (x) ∈ A uchun f (x) ∈ B ekanligini, ya’ni A ⊂ B bo‘lishini ko‘rsatdik. B idealning hosil qiluvchi elementlari soni chekli bo‘lganligi uchun A ideal ham hosil qiluvchi elementlari soni chekli bo‘lgan idealdir. Demak, R[x] halqaning ixtiyoriy idealining hosil qiluvchi elementlari soni chekli ekan, ya’ni R[x] Nyoter halqasi. Yuqoridagi teoremadan quyidagi muhim natijani olamiz. Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling