Abstrakt algebra


Download 0.99 Mb.
bet72/82
Sana18.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1580095
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82
Bog'liq
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)

Yechish. Q ⊂ Q(√2) ⊂ Q(√2, √3) kengaytmalarni qarasak, x2 − 2 kophad
Q ⊂ Q( 2) kengaytma uchun minimal hamda x2−3 ko‘phad Q( 2) ⊂ Q( 2, 3)
kengaytma uchun minimal ko‘phadlar bo‘lganligidan [Q( 2) : Q] = 2 va
[Q( 2, 3) : Q( 2)] = 2. Demak, [Q( 2, 3) : Q] = 4.
Ushbu kengaytma algebraik ekanligi va ratsional sonlar maydonining xarakte- ristikasi nolga teng bo‘lganligi uchun bu kengaytma separabel bo‘ladi. Endi uning
normal ekanligini ko‘rsatamiz. f (x) = (x2 − 2)(x2 − 3) ko‘phad Q maydon ustida
keltirilmas bo‘lib, Q( 2, 3) maydonda
f (x) = (x 2)(x + 2)(x 3)(x + 3)
kabi chiziqli ko‘paytuvchilarga ajraladi. Bundan esa, Q(√2, √3) maydon f (x) ko‘phadning yoyilish maydoni ekanligi kelib chiqadi. U holda 6.2.2-teoremaga
ko‘ra Q Q( 2, 3) kengaytma normal bo‘lib, 6.3.1-natijaga ko‘ra esa
|Gal(Q( 2, 3), Q)| = [Q( 2, 3) : Q] = 4. Q
    1. Galua nazariyasining fundamental teoremasi


Aytaylik, K ⊂ F separabel va normal kengaytma berilgan bo‘lib, K(θ) = F bo‘lsin. Ushbu θ elementga mos keluvchi K maydon ustida berilgan minimal f (x) ko‘phadni ixtiyoriy L (K ⊂ L ⊂ F) oraliq maydon ustida berilgan deb ham qarash mumkin. U holda f (x) ko‘phad L maydonda ham separabel bo‘lib, ushbu ko‘phadning L maydon ustidagi yoyilish maydoni esa L(θ) maydon bilan ustma- ust tushadi. Bundan tashqari, L(θ) maydon L maydonning separabel va normal kengaytmasi bo‘lib, L(θ) ⊂ F.
Ikkinchi tomondan esa, K ⊂ L va θ ∈ K ekanligidan K(θ) ⊂ L(θ), ya’ni F ⊂ L(θ) kelib chiqadi. Shunday qilib, biz F = L(θ) ekanligini, bundan esa L ⊂ F kengaytma ham separabel va normal bo‘lishini hosil qildik.
Demak, bizga qangaydir Gal(F, K) Galua gruppasi berilgan bo‘lsa, u holda K ⊂ L ⊂ F shartni qanoatlantiruvchi ixtiyoriy L maydon uchun Gal(F, L) Galua gruppasini qarash mumkin.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling