Abstrakt algebra
Tenglamalarning radikallarda yechilishi
Download 0,99 Mb.
|
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.5.1-teorema.
- -darajali ildizlari
- -darajali bosh- lang‘ich ildizlari
- 6.5.1-tasdiq.
- 6.5.2-ta’rif.
- 6.5.2-teorema.
Tenglamalarning radikallarda yechilishiBizga K maydonda f (x) separabel ko‘phad berilgan bo‘lib, F maydon esa K may- don ustidagi f (x) ko‘phadning yoyilish maydoni bo‘lsin. 6.5.1-ta’rif. K maydondagi f (x) ko‘phadning Galua gruppasi deb, Gal(F, K) gruppaga aytiladi, bu yerda F maydon K maydon ustidagi f (x) ko‘phadning yoyi- lish maydoni. Aytaylik, f (x) ko‘pdanning ildizlari α1, α2, . . . , αn bo‘lsin. Ma’lumki, Galua gruppasining har bir ϕ ∈ Gal(F, K) elementi va ixtiyoriy αi ildiz uchun ϕ(αi) element yana f (x) ko‘phadning ildizi bo‘ladi. ϕ avtomorfizm o‘zaro bir qiymatli akslantirish bo‘lganligi va α1, α2, . . . , αn ildizlar turli xil ekanligi uchun ushbu ϕ avtomorfizmni Sn gruppaning elementi sifatida qarasa bo‘ladi. Demak, darajasi n ga teng bo‘lgan f (x) ko‘phadning Galua gruppasini Sn gruppaning qism gruppasi sifatida qarash mumkin. Biz dastlab, xarakteristikasi 3 dan farqli bo‘lgan ixtiyoriy maydonda berilgan kubik ko‘phadning Galua gruppasini o‘rganamiz. Ma’lumki, ixtiyoriy f (x) = x3 + βx2 + γx + δ 3 kubik ko‘phadni x = u − β kabi almashtirish bajarib, g(x) = x3 + bx + c shaklga keltirish mumkin. Shuning uchun biz g(x) = x3 + bx + c ko‘phadning Galua gruppasini o‘rganish bilan chegaralanamiz. Aytaylik, g(x) = x3 + bx + c ko‘phad K maydon ustida keltirilmas bo‘lsin, u holda ushbu ko‘phad K maydonda ildizga ega bo‘lmasdan, K maydon ustidagi g(x) ko‘phadning yoyilish maydonida α1, α2, α3 ildizlarga ega bo‘ladi. Demak, g(x) = (x − α1)(x − α2)(x − α3) hamda α1 + α2 + α3 = 0, α1α2 + α1α3 + α2α3 = b, α1α2α3 = −c. Quyidagi belgilashlarni kiritamiz d = (α2 − α1)(α3 − α1)(α3 − α2), D = d2 = (α2 − α1)2(α3 − α1)2(α3 − α2)2. U holda ∀ϕ ∈ Gal(F, K) avtomorfizm uchun ϕ(D) = D hamda ϕ(d) = d yoki ϕ(d) = −d bo‘ladi. Bundan tashqari, D = −4b3 − 27c2 munosabat o‘rinli. 6.5.1-teorema. Aytaylik, g(x) = x3 +bx +c ko‘phad K maydon ustida keltirilmas va separabel bo‘lib, F maydon K maydon ustidagi f (x) ko‘phadning yoyilsih may- doni bo‘lsin. Agar D soni K maydonda biror sonning kvadrati shaklida ifodalansa, u holda Gal(F, K) ∼= A3, aks holda Gal(F, K) ∼= S3. Isbot. D = −4b3 − 27c2 bo‘lganligi uchun D ∈ K. Aytaylik, D soni K may- donda biror sonning kvadrati shaklida ifodalansin, ya’ni d ∈ K bo‘lsin, u holda ixtiyoriy ϕ ∈ Gal(F, K) uchun ϕ(d) = d bo‘lib, Gal(F, K) gruppa S3 o‘rin al- mashtirishlar gruppasining faqat juft o‘rin almashtirishlarini o‘z ichiga oluvchi qism gruppasiga izomorf bo‘ladi. f (x) kop‘hadning ildizlari turli xil bo‘lganligi uchun Gal(F, K) /= {e}. Demak, Gal(F, K) ∼= A3. Agar D soni K maydonda biror sonning kvadrati shaklida ifodalanmasa, u holda d ∈/ K bo‘lib, Gal(F, K) Galua gruppasining tartibi 3 dan katta va u S3 gruppaning toq o‘rin almashtirishlarni ham o‘z ichiga oluvchi qism gruppasiga izomorf. Demak, Gal(F, K) ∼= S3. Endi biror K maydonda f (x) = xn − 1 ko‘phadni qaraymiz. Ma’lumki ushbu ko‘phadning ildizlari birning n-darajali ildizlari deb ataladi. Ushbu ko‘phad uchun (xn − 1) = (x − 1)(xn−1 + xn−2 + · · · + 1) tenglik o‘rinli bo‘lib, x = 1 element ushbu tenglamaning eng sodda ildizi, qolgan ildizlari esa xn−1 + xn−2 + · · · + 1 ko‘phadning ildizlaridan iborat bo‘ladi. Xususan, K maydon kompleks sonlar maydoning qism maydoni bo‘lsa, u holda f (x) = xn − 1 ko‘phadning ildizlari ξk = cos ko‘rinishida bo‘ladi. 2πk + isin n 2πk n , k = 0, 1, . . . n − 1 Kompleks sonlar maydoni ustida bo‘lgani kabi ixtiyoriy K maydondagi bir- ning n-darajali ildizlari to‘plami ko‘paytirish amaliga nisbatan gruppa tashkil qi- ladi. Ushbu gruppaning tashkil qiluvchi elementlari esa birning n-darajali bosh- lang‘ich ildizlari deb ataladi. Demak, ζ element birning n-darajali boshlang‘ich ildizi bo‘lishi uchun {ζk | 0 ≤ k ≤ n−1} to‘plam birning barcha n-darajali ildizlari to‘plami bilan ustma-ust tushishi zarur va yetarli. K maydonnni ζ boshlang‘ich ildiz bo‘yicha kengaytmasi F = K(ζ) maydon birning barcha n-darajali ildizla- rini o‘z ichiga olganligi uchun, K(ζ) maydon K maydon ustidagi f (x) = xn − 1 ko‘phadning yoyilish maydoni bo‘ladi. 6.5.1-tasdiq. f (x) = xn − 1 ko‘phadning Galua gruppasi kommutativdir. Isbot. Aytaylik, ζ element birning n-darajali boshlang‘ich ildizi bo‘lsin. U holda f (x) ko‘phadning Galua gruppasi Gal(K(ζ), K) bo‘lib, ixtiyoriy ψ ∈ Gal(K(ζ), K) avtomorfizm uchun ψ(ζ) element yana f (x) ko‘phadning ildizi bo‘ladi. Demak, qandaydir k soni uchun ψ(ζ) = ζk tenglik o‘rinli. Agar ζk element boshlang‘ich ildiz bo‘lmasa, u holda qandaydir m < n uchun (ζk)m = 1. Berilgan ψ avtomorfizmning teskarisini qarasak, ζ = ψ−1(ζk) bo‘lib, ζm = ψ−1((ζk)m) = 1. Bu esa, ζ elementning boshlang‘ich ildiz ekanligiga zid, ya’ni ζk element bosh- lang‘ich ildiz. Demak, k va n sonlari o‘zaro tub. Shunday qilib, biz har bir avtomorfizm uchun ζ boshlang‘ich ildizni ζk ga o‘tkazuvchi k elementni mos qo‘yamiz. Ushbu k soni n modul bo‘yicha aniqlani- shini hisobga olsak, biz Gal(K(ζ), K) grupppadan Un gruppaga bo‘lgan Ψ(ψ) = k kabi aniqlanuvchi gomomorfizmni hosil qilamiz, bu yerda Un gruppa Zn che- girmalar halqasining teskarilanuvchi elementlaridan iborat multiplikativ gruppa. Ψ(ψ) = 1 bo‘lishidan ψ avtomorfizmning ayniy ekanligi kelib chiqqanligi uchun Ψ : Gal(K(ζ), K) → Un gomorfizm monomorfizm bo‘ladi. Demak, Galua grup- pasi Un gruppaning qism gruppasiga izomorf. Un gruppa kommutativ ekanligidan Gal(K(ζ), K) Galua gruppasining ham kommutativligi kelib chiqadi. 6.5.1-tasdiq isbotidan ko‘rinadiki, f (x) = xn − 1 ko‘phad Galua gruppasi- ning tartibi Un gruppa tartibining bo‘luvchisi bo‘ladi. Un gruppaning tartibi ϕ(n)−Eyler funksiyasining qiymatiga tengligidan Galua gruppasining tartibi ϕ(n) ning bo‘luvchisi ekanligi kelib chiqadi. 6.5.2-ta’rif. Xarakteristikasi nolga teng K maydon ustidagi f (x) = xn − c ko‘phadning yoyilish maydoniga K maydonning sodda radikal kengaytmasi deb ataladi, bu yerda c ∈ K va c /= 0. Ta’kidlash joizki, K maydonning xarakteristikasi nolga teng bo‘lganligi uchun f (x) = xn − c ko‘phad separabel ko‘phad bo‘ladi. Ushbu f (x) ko‘phadning ildi- zlari ζkθ ko‘rinishida bo‘lib, K maydon ustidagi f (x) ko‘phadning yoyilish may- doni esa F = K(ζ, θ) maydondan iborat bo‘ladi, bu yerda ζ – birning n-darajali boshlang‘ich ildizi, θ esa f (x) ko‘phadning biror fiksirlangan ildizi. 6.5.2-teorema. Sodda radikal kengaytmaning Galua gruppasi yechiluvchan bo‘ladi. Isbot. Aytaylik, F = K(ζ, θ) bo‘lsin. 6.5.1-tasdiqning isboti kabi ixtiyoriy ψ ∈ Gal(F, K) avtomorfizm uchun ψ(ζ) = ζk shartni qanoatlanturuvchi k sonini mos qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, θ element f (x) ko‘phadning ildizi bo‘lganligi uchun f (θ) ham shu ko‘phadning ildizi bo‘ladi. Bundan esa, ψ(θ) = ζmθ tenglik o‘rinli bo‘ladigan m soni mavjudligi kelib chiqadi. Demak, ixtiyoriy ψ ∈ Gal(F, K) avtomorfizmga (k, m) juftlikni mos qo‘yish mumkin. Endi bu moslikni har bir komponentasi bo‘yicha n-modul aniqligida yagona ekanligini ko‘rsatamiz. Aytaylik, (k, m) va (k1, m1) juftliklar bitta ψ avtomor- fizmga mos kelsin. U holda ψ(ζ) = ζk = ζk1 , ψ(θ) = ζmθ = ζm1 θ. Bundan esa, ζk−k1 = 1 va ζm−m1 = 1 ekanligi ya’ni k − k1 va m − m1 sonlari n ga bo‘linishi kelib chiqadi. Demak, k ∈ Un va m ∈ Zn bo‘lib, biz Gal(F, K) gruppani Un ×Zn to‘plamga otkazuvchi inyektiv akslantirishga ega bo‘lamiz. Endi Un × Zn to‘plamda quyidagicha amal aniqlaymiz (k1, m1) ◦ (k2, m2) = (k1k2, k2m1 + m2). U holda Un × Zn to‘plam ushbu amalga nisbatan gruppa tashkil qilib, bu gruppani Mn kabi belgilaymiz. Ushbu Mn gruppaning birlik elementi (1, 0) bo‘lib, (k, m) elementning teskarisi esa (k−1, −k−1m) bo‘ladi. Agar H = {(1, m) | m ∈ Zn} to‘plamni qarasak, ushbu to‘plam Mn gruppaning normal qism gruppasi bo‘lib, kommutativ bo‘ladi. Bundan tashqari, Mn/H ∼= Un ekanligidan faktor gruppaning ham kommutativ ekanligi kelib chiqadi. Demak, Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling