IX bob. Keksa organizmning fiziologik xususiyatlari. Keksa bemorlar bilan muloqotning o’ziga xosligi.
29- rasm. Qariya bemorlar mehr va parvarishga muhtoj.
1. Gerontologiya fani to’g’risida umumiy tushuncha.
Gerontologiya fani- keksa organizm kasalliklari bilan shug’ullanuvchi tibbiyot fani. Gerontologiya fani odamning qarish jarayonini o‘rganadigan fan bo’lib, yunoncha geros -qari va logos -fan degan ma'noni anglatadi. Gerontologiya va geriatriya o’quv dasturlarida asosiy o’rinni egallashi lozim, chunki qarilik deb atalmish ko’pgina o’zgarishlar erta - yetuklik, xatto o’smirlik davrlarida xam boshlanishi mumkin. Gerontologiya asosini qarish biologiyasi tashkil qiladi, ammo qarilik muammolari kompleks bo’lib, biotibbiy, psixologik, antropologik, ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan iboratdir. U turli xil bilimlar asosida kelib chiqib tobora oshib bormoqda. Gerontologiyaning asosiy maqsadi insonni faol va to’la qonli xayotini uzaytirish yo’llarini izlab topishdir. Gerontologiya tibbiy biologiya fani bilan chambarchas bog’liq bo’lib, qarish sabablarini molekula va xujayralardan to butun organizmgacha o’rganadi. Keksa yoshdagi bemorlarga xizmat qilish xar bir tibbiy xodimlarining mexnatini asosini tashkil etadi, chunki tibbiy xizmatga muxtoj bemorlarning 25-30 foizini keksa yoshdagi bemorlar tashkil etadi. Bundan tashqari demografik ko’rsatkichlarda xam qariyalar soni oshib bormoqda. Bu esa o’z navbatida gerontologiya soxasidagi bilimlar doirasini yanada chuqurroq kengaytirishga olib keladi.
2. Gerontologiya fani tarkibiy qismlari.
Gerontologiya fani quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir:
1. Qarish biologiyasi –qarish jarayonida to’qimalarda kechuvchi biologik jarayonlar.
2.Geriatriya – keksa, yoshi qaytib qolgan kishilarda kasalliklarning kechishi xususiyatlarini o’rganadigan fan bo’lib, Sog’liqni Saqlash tizimi amaliyotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda(29- rasm).
3.Gerogigiena – keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigienasini o’rganadigan fandir.
4.Gerontopsixologiya – keksalar psixikasi va fe'l-atvorini o’rganadigan fandir.
5.Gerodietika – keksaygan kishilar ovqatlanishi va uning xususiyatlarini o’rganadigan bo’limdir.
6.Gerodermiya – keksaygan kishilar teri qoplami xususiyatlarini o’rganuvchi bo’limdir.
7.Geroekologiya – qarish jarayoniga ekologik omillarning ta'sir etishini o’rganuvchi bo’limdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |