20
SOLIQ SOLISH OBYEKTI
Soliq kodeksining 127-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘ining obyekti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlarining va norezidentlarining foydasi hamda rezident va
norezidentlarning chegirmalar qilinmagan holda to‘lov manbaidan soliq
solinadigan daromadlar hisoblanadi.
2.2-rasm.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining obyekti
SOLIQ SOLINADIGAN BAZA
Soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadigan
xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida soliq solinadigan foydaning
kamaytirilishi hisobga olingan holda
hisoblab chiqarilgan soliq
solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bazasi quyidagicha
aniqlanadi
Foyda solig‘i bazasining Daromadlar - Xarajatlar
Chegirilmaydigan xarajatlar - Hisobot davrining soliq solinadigan
bazadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari - Imtiyozlar
Yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘ining obyekti
(O‘zR SK 127-modda)
O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlarining, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasida
faoliyatni doimiy muassasa orqali
amalga oshiruvchi O‘zbekiston
Respublikasi norezidentlarining
foydasi
O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlari-ning va O‘zbekiston
Respublikasi norezidentlarining
chegirmalar qilinmagan holda to‘lov
manbaida soliq solinadigan
daromadlari
21
Yuridik
shaxslarning
foydasi
respublikamiz
buxgalteriya
qonunchiligiga muvofiq aniqlanadi.
Respublikamizda xo‘jalik yurituvchi subektlar-yuridik shaxslarning
mahsulot (ish, izmatlar)ni ishlab chiqarish
va sotish xarajatlarini
aniqlashning yagona metodologik asosini O‘zR VM ning 1999 yil 5
fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmatlar)
ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom
belgilaydi
Do'stlaringiz bilan baham: