Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti soliqlar va soliqqa tortish
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliqlar va soliqqa tortish 1-bo`lim
1 MAVZU. “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANINI
O‘QITISHNING ZARURLIGI, MAQSADI VA VAZIFALARI SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI Reja. 1.Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, xususiyatlari va obyektiv zarurligi. 2.“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining vazifalari va funksiyalari. 3.Davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbalari 4.Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari va O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligining prinsiplari. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanida soliqlarning nazariy va amaliy masalalari, yani soliqlarning iqtisodiy mohiyati, xususiyatlari, ularning obyektiv zarurligi, soliq to‘lovchilarning huquqlari va majburiyatlari, respublikamiz soliq qonunchiligida mavjud bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish tartibi, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti atroflicha eritib berilgan. Respublikamiz davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobiga shakllantirilayotgan hozirgi sharoitda mazkur kursni o‘qitishning zaruratini taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqib, mazkur kursda soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar nazariy va amaliy jihatdan umumlashtirilgan holda eritib berilgan. Kursning maqsadi va vazifalari belgilab olingan. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o‘qitishdan maqsad talabalar ongida soliqlar to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, soliq to‘lovchi subektlardan undirilaetgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarning huquqiy asoslarini, ular orqali shakllantirilgan davlat byudjeti daromadlaridan samarali foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarni hosil qilish hisoblanadi. Mazkur maqsaddan kelib chiqib, kursning vazifalari belgilangan ( 1.1-rasm). Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. 7 Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda, kategoriyaning haetda ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling