14
Soliq tog‘risidagi qonun xujjatlari soliq solishning majburiyligi,
aniqligi,
adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi soliq to‘g‘risidagi
qonun xujjatlarining oshkoraligi va soliq to‘lovchining xaqligi
prinsiplariga asoslanadi. Soliq to‘g‘risidagi
qonun xujjatlarining
qoidalari soliq kodeksida belgilangan prinsiplarga zid bo‘lishi mumkin
emas.
1.10- rasm. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligining
prinsiplari
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligining prinsiplari
(O‘zR SK 5-11moddalar)
Soliq solishning majburiyligi prinsipi
Har bir shaxs Soliq Kodeksida
belgilangan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni to‘lashi shart
Soliq solishning aniqligi prinsipi
Soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar aniq bo’lishi kerak. Soliq
to‘lovchi qaysi soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni, qachon, qancha
miqdorda hamda qay tartibda
to’lashi
kerakligini aniq bilishi
kerak
Soliq solishning adolatliligi
prinsipi
Soliq solish umumiydir. Soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha
imtiyozlarni belgilash ijtimoiy
adolat prinsiplariga mos bo‘lishi
kerak
Soliq tizimining yagonaligi prinsipi
Soliq tizimi O’zbekiston
Respublikasining butun ҳududida
barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan
yayagonadir
Soliq to‘g‘risidagi qonun ҳujjatlarining
oshkoraligi prinsipi
Soliq solish masalalarini tartibga
soluvchi normativ-huquqiy ҳujjatlar
rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi
shart