46
5.3. Kontakli uchma-uch payvandlab hosil qilingan
birikmalarning tuzilishi
Legirlangan
po‘latlarni
tejash
uchun
uchma-uch
payvandlashdan sanoatda prokatdan uzun buyumlar,
tutash
shakldagi oddiy tanavorlar va detallardan murakkab detallar
qirquvchi asboblar, dvigatellar klapanlari va b.) tayyorlashda keng
foydalaniladi.
Detallarning shakli ularni mashina jag‘larida (elektrodlarda)
puxta maxkamlab qo‘yishni ta’minlash kerak.
Ikkala tanavor bir
tekis qizishi va bir xil plastik deformatsiyalanishi uchun zarur
sharoit
yaratilishi, tanavorlarning shakli hamda o‘lchamlari
taxminan bir xil qilib tanlanishi kerak. Ularning diametrlaridagi
farq 15% dan, qalinligidagi tafovut esa 10% dan oshmasligi kerak.
5.4-rasm. Qarshilik bilan payvandlash uchun detallar
uchlarining shakli:
a
–
tekis yuza (aniq moslashni talab qiladi); b
–
halqasimon
chiqiq (mahalliy issiqlik ajralib chiqishini ta’minlaydi va uchma-
uch birikish joyiga havo kelishini cheklaydi); d
–
f
–
konus yoki
sfera (qizishni mahalliylashtiradi).
5.5-rasm. Eritib payvandlash
uchun detallar uchlarining
shakli:
a
–
ratsional emas ( Δ
pay
–
payvandlashda detallarning umumiy
kaltalashishi).