40
Chegara atrofida yirik donli tuzilmaga ega bo‘lgan o‘ta qizish
joyi (3) o‘rin oladi.
A
s3
nuqtadan ortiq qizigan joylarda (3–5) tez
sovish natijasida martensit aralashmalari paydo bo‘lishi mumkin,
ammo bu joylarning nuqtalarning mustahkamligiga umumiy ta’siri
juda kichik bo‘ladi.
4.5. Qoldiq zo‘riqishlarning yuzaga kelishi
Sovish bosqichida payvandlash joyida cho‘kish erkin emasligi
va siqish kuchi ta’sir qilishi natijasida metallning o‘ta zo‘riqqan
holati yuzaga keladi. Ichki zo‘riqishlarning
taqsimlanish turi vaqt
bo‘yicha o‘zgaradi, chunki u nafaqat cho‘kish va tashqi bosimga,
balki metallning plastik deformatsiyaga qarshiligiga ham bog‘liq
bo‘ladi. Sovishning boshida yoki
D
ning
nisbatan kichik
kiymatida
z o‘q bo‘ylab cho‘kish
pay
F
ta’sirida metallning
deformatsiyalanishi bilan sezilarli darajada qoplanadi,
nuqtali
payvandlashda bu yo‘nalishda cho‘zuvchi zo‘riqishlar katta
bo‘lmaydi, elektrodlar oldida esa ko‘pincha qoldiq siquvchi
zo‘riqishlar paydo bo‘ladi.
Bo‘ylama yo‘nalishda (
r o‘q bo‘ylab) cho‘kish
deyarli
qoplanmay qoladi, chunki sovish hisobiga quyma o‘zak atrofida
o‘ziga xos bikr sinch hosil bo‘lib, u bu yo‘nalishda tashqi kuch
ta’sirida deformatsiyaga to‘sqinliq qiladi. Shu sababli payvyndlash
joyining
markaziy qismida qoldiq, radial
r
va aylana
zo‘riqishlar hosil bo‘lish jarayonlari rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: