Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

4.3-rasm. Eritmadagi muallaq holatdagi zarralarga ta’sir qiluvchi 
kuchlarning taqsimlanishi. 


35
Eritmadagi muallaq qattiq (elektr o‘tkazuvchan
 V
1
yoki 
ko‘p hollarda elektr o‘tkazmaydigan
 V
2
) parda zarralariga I-I va 
II-II kesimlardagi bosimlar farqi tufayli yuzaga kelgan 
p
F

kuchlar ta’sir qiladi:
V
P
F
r
p




Elektr o‘tkazmaydigan zarralar harakatlanib, quyma o‘zakning 
chetlarida to‘planadi. Agar elektr o‘tkazuvchan zarra 
 V
1
dagi 
tokning zichligi j
1
erigan metalldagi tokning zichligi j
0
dan katta 
bo‘lsa, u holda zarraga 
4
/
)
(
2
2
1
2
0
r
j
j
F
F
F
m
j
p








kuchlar farqi ta’sir qilishi natijasida zarra o‘zak markazi tomon 
harakatlanadi. 
Uchma-uch payvandlashda detallarning uchlari atmosfera 
bilan o‘zaro ta’sirlashish uchun ochiq bo‘ladi. Qarshilik bilan 
payvandlashda oksidlanish jarayonni eng aktiv avj oladi. Eritib 
uchma-uch payvandlash uchun detallarning uchlarida metallning 
uzluksiz yangilanib turishi, kislorod va boshqa gazlarni bog‘lab 
turuvchi ulagichlar portlaganda tirqishda ko‘p miqdorda metall 
tomchilari hamda bug‘lari (masalan, po‘latlarni payvandlashda 
uglerod oksidi CO) vujudga kelishi xosdir, bu esa metallning 
atmosfera bilan o‘zaro ta’sirlashish jadalligini ancha susaytiradi.
Ammo kimyoviy aktiv metallar (titan, molibden va b.) ni 
biriktirishda bunday himoya yetarli darajada samarali bo‘lmay 
qolishi mumkin va shu bois ayrim hollarda payvandlash inert 
gazlar muhitida olib boriladi. Uchma-uch payvandlashda 
oksidlarning yemirilish va yo‘qolish shart-sharoiti detallar 
uchlarining haroratiga, haroratlar gradienti, oksidlar va 
metallarning xossalariga bog‘liq. 
Qarshilik bilan payvandlashda oksidlarni yo‘qotishning 
qiyinligi ularning qattiqligi ortishi bilan oshadi. Masalan, 
po‘latlarni payvandlashda qattiqligini asosiy metallning qattiqligi 
bilan solishtirib bo‘ladigan Fe
2
O
3
oksidini yo‘qotish qiyin. Ammo 
erish harorati va qattiqligi po‘latnikidan past bo‘lgan FeO 


36
osongina yo‘qoladi. Eritib uchma-uch payvandlashda, qachonki 
oksidlar asosan suyuq, taglikda turgan paytda ularning qattiqligi 
ularning yo‘qolishiga jiddiy ta’sir kursatmaydi. Qarshilik bilan 
payvandlashda plastik deformatsiya nisbatan kam bo‘lgani bois 
oksidlar qisman yemiriladi va yo‘qoladi. Bunda yuzaning 
yangilanishi (detallar uchlaridan oksidlarning yo‘qolishi) 60 - 70% 
dan oshmaydi, bu esa umumiy holda birikmalarning plastikligi 
nisbatan past bo‘lishini belgilab beradi. 
Eritib 
payvandlashda 
oksidlarning 
yo‘qolishi 
ancha 
osonlashadi va birikish joyidan otilib chiqayotgan erigan metall 
zarralari bilan birga va asosan oksidlarni suyuq hamda qattiq 
metall bilan gratga siqib chiqarib cho‘ktirish paytida yuz beradi.
Eng maqbul rejimda deformatsiya nisbatan kam bo‘lgani holda 
yuzaning yangilanishi 100% ga yaqinlashadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling