Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

4.4-rasm. Elektrod-detal tegish joyidagi massa ko‘chish jarayonining 
sxemasi:
a – tok ulanmasdan oldingi tegish joyi; chiziqlar oralig‘i keng chegara 
elektrod o‘zaro ta’sirlashuv mahsullari va oksidlar; chiziklar oralig‘i tor 
chegara – detaldagi oksid pardasi; b – metallarning bir-biriga singishi 
(diffuziyalanishi); d – mahalliy erish va o‘zaro diffuziya; e – ikkilamchi 
oksidlanish hamda yoruvchi effekt kuchlari (F
yo
) kuchlarining yo‘nalishi; f –
elektrodlar orasining ochilishi (elektrod ilashtirib ketgan detal zarralari 
shtrixlangan). 
Payvandlash toki uzilganda va siqish kuchi olinganda hosil 
bo‘lgan 
mahalliy 
bog‘lanishlar 
mikrochiqiqlar 
defor-
matsiyalanganda 
to‘plangan 
qayishqoq 
kuchlar 
ta’sirida, 
shuningdek qisman yoruvchi effekt ta’sirida yemiriladi. Elektrod 
ko‘tarilganda odatda boglanishlarni yemirish uchun qo‘shimcha 
kuchlar talab qilinmaydi. 
Elektrodlar yuzasida singish yoki mexanik deformatsiya 
jarayonlari natijasida o‘tib qolgan payvandlanayotgan metall 
zarralari qoladi. Yumshoq metall (masalan, aluminiy) zarralarini 


39
elektrod yuzasining nisbatan qattiq relyefi o‘ziga "ilintirib" oladi. 
Bu jarayon po‘lat detallarni payvandlashda deyarli qayd etilmaydi. 
Elektrodlarni ishlatish jarayonida ularning yuzasida massa 
ko‘chishidan o‘zaro ta’sirlashuv mahsullari to‘planishi ko‘payadi. 
Bunda shunday joylar yuzaga keladiki, metall bog‘lanishlar hosil 
bo‘lib, ular payvandlash jarayonini me'yorida olib borishga 
to‘sqinlik qiladi. 
Detallar yuzasida elektrod metalining aralashmalari qolib, 
elektrodlarda o‘zaro ta’sirlashuv mahsullari ortib borgani sari 
ularning miqdori ham ko‘payib boradi. 
Shunday qilib, massa ko‘chish tezligi tegish joyidagi harorat,
metallarning yuqori haroratlarda bo‘lish vaqti, detal va elektrodlar 
yuzasining ahvoli, siljish deformatsiyalari darajasi, elektrod metali 
va payvandlanayotgan metallning fizik xossalari bilan nazorat 
qilinadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling