Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

Nazorat savollari 
1. Qaysi parametrlar nuqtali payzandlab hosil qilingan 
birikmaning asosiy konstruktiv qismlari hisoblanadi? 
2. Nuqtali payvandlab hosil qilinuvchi birikmaning asosiy 
konstruktiv qismlari qiymatlari nimalarga bog‘liq? 
3. Relyefli payvandlab olinadigan birikmalarning asosiy 
konstruktiv qismlarini aytib bering. 
6-MA’RUZA. 
PAYVAND UZELLAR ISHLAB CHIQARISH 
TEXNOLOGIK JARAYONI 
Reja 
6.1. Detallarni tayyorlash 
6.2. Yuzani tayyorlash 
6.3. Yig‘ish
6.4. Bir necha joyidan payvandlab qo‘yish 
6.5. To‘g‘rilash va qo‘shimcha mexanik ishlov berish 
6.6. Korroziyaga qarshi himoya 
 
Tayanch so’z va iboralar: yog‘sizlantirish, passivlash,yuzani 
neytrallash, yig‘ish, to‘g‘rilash, grat
6.1. Detallarni tayyorlash 
 
Texnologik 
jarayon 
yangi 
konstruksiyani 
loyixalash 
bosqichida avval texnologiyani, keyin texnologik ish jarayonini 
(yo‘nalish texnologiyasi va operatsion xaritalarni) yaratish yo‘li
bilan ishlab chiqiladi. 
Payvand uzellar ishlab chiqarishning namunaviy texnologik 
jarayoni muayyan izchillikda bajariladigan quyidagi qator asosiy 
operatsiyalardan iborat: 
1) detallar tayyorlash
2) payvandlanadigan yuzalarni hozirlash; 


48
3) yig‘ish; 
4) bir necha joyidan payvandlab qo‘yish; 
5) payvandlash; 
6) to‘g‘rilash va mexanik ishlov berish; 
7) korroziyadan himolash; 
8) nazorat qilish. 
Detallar chizmalarga muvofiq, ularning o‘lchamlari va 
talablariga aniq rioya etilgan holda tayyorlanishi zarur, chunki 
ularning tayyorlanish sifati yig‘ish, bir necha joyidan payvandlab 
qo‘yish, payvandlash ishlarining mehnat sarfi hamda aniqligiga 
bevosita ta’sir qiladi. Ko‘p hollarda tirqishlarning keragidan katta 
chiqish va detalning yomon tutashuviga aynan tayyorlash 
aniqligining pastligi sabab bo‘ladi. Tanavorlar listlardan gilotin
disksimon va tebranma qaychilar bilan, shtamplarda, gaz alangasi, 
plazma oqimi bilan kesib olinadi. Titan qotishmalaridan issiqqa 
chidamli po‘latlardan qilingan listlarni avtomatik bichish uchun 
lazerdan foydalaniladi, profillar press-qaychilar va arralar bilan 
kesib olinadi. Detallarga shakl berish odatda sovuq holatda 
deformatsiyalash: aylanuvchi vallarda egish, erkin usulda egish, 
surish, cho‘zish, shtamplash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Uchma-uch bilan payvandlashda detallarning uchlari qaychi, arra, 
metall kesuvchi dastgohlar bilan kesish yoki sovuqlayin presslarda 
cho‘ktirish, shuningdek plazma oqimi bilan va gaz alangasida
kesib, keyin shlakni olib tashlash yo‘li bilan hosil qilinadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling