Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
1.3. Detallarning o‘z qarshiligi
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
9 1.3. Detallarning o‘z qarshiligi Detallarning o‘zining qarshiligi deganda, detalning hajmida muayyan tarzda taqsimlangan qarshilik tushuniladi. Ushbu qarshilik orqali tok o‘tganda unda issiqlikning asosiy miqdori ajralib chiqadi. Tok ulanishiga qadar (tegish joyining sovuq holati) S H , d K va mos ravishda R D anik bo‘lmaydi, chunki S H , d K ning F pay ga va yuzining holatiga umumiy bog‘likligi mavjud bo‘lmaydi. Issiqlik jarayonlarini hisoblashda detallarning qarshiligini detallarni qizdirishning oxirida (tegish joyining issik holati) qarab chiqish qulayroqdir. Hisoblashni soddalashtirish uchun, elektrod-detal tegish joyida d K =d E , detal-detal tegish joyida esa d K =d b ekanini va d E ning d b dan kam farq qilishini hisobiga olib shartli ravishda d E =d b deb qabul qilinadi. R DD va R ED nolga teng hamda S F =S K deb ham qabul qilinadi. Ko‘rib chiqilayotgan qarshilik har biri qandaydir T 1 va T 2 haroratgacha qizdirilgan bir xil qalinlikdagi ikkita shartli plastina 1 va 2 ning qarshiliklari yig‘indisidan iborat deb tasavvur qilinadi. 1.3-rasm. Payvandlash sikli oxiridagi elektr qarshilikni (R EE =2R D ) hisoblash sxemasi. U holda izlanayotgan qarshilik quyidagi formuladan aniqlanadi: 10 ) 4 / ( ) ( 5 , 0 2 2 1 E р D D d S К A R . Detallarning solishtirma elektr qarshiliklari ρ 1 va ρ 2 metallning turiga, unga termomexanik ishlov berish turi hamda haroratga bog‘liq. ρ 1 va ρ 2 ning qiymatlari ishlov ravishda T 1 va T 2 haroratlar uchun aniqlanadi. Kam uglerodli po‘latdan tayyorlangan detallarni payvandlashda T 1 =1200°C va T 2 =1500°C, qilib aluminiy qotishmalari uchun esa T 1 =450°C hamda T 2 =630°C qilib olinadi. k p koeffitsient detallarning notekis qizishini hisobga oladi. Po‘latlar uchun k p =0,85, aluminiy va magniy qotishmalari uchun esa k p =0,9. A D koeffitsient R D /R S nisbatga teng (R S – metallning uzunligi va diametri d E bo‘lgan silindrsimon ustunchasi elektr qarshiligi). Bundan tashkari, A D koeffitsient d E /S nisbatga ham boglik. Bu nisbat qancha kichik bo‘lsa, A D shuncha kichik, R D bilan R S orasidagi farq, shuncha katta bo‘ladi. 0,8–3 mm qalinlikdagi detallarni payvandlashda A D =0,8 bo‘ladi. Uchma-uch payvandlashda har qaysi uchastkada elektr qarshilik quyidagi umumiy formula yordamida taxminan aniqlanadi: S l m R i D , bunda: m – sirtqi effekt koeffitsienti bo‘lib, u ferromagnit o‘zgarish haroratigacha (po‘lat uchun 768°C) uglerodli po‘latdan ishlangan 20 mm dan qalin detallar uchun ortib boradi; ρ i – qizish haroratidagi solishtirma elektr qarshilik; l – harorati teng uchastkaning uzunligi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling