Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

Nazorat savollari 
 
1. Kontaktli 
payvandlashda 
qizdirishning 
o‘ziga 
xos
xususiyatlari qanday? 
2. Payvandlash joyining umumiy qarshiligi qaysi tashkil 
etuvchilardan iborat bo‘ladi? 
3. Kontaktli payvandlashda Pelte effektining umumiy qizishga 
ta’siri nimalardan iborat? 
4. Uchma-uch biriktiriladigan yuzalarning holati tegish 
qarshiligiga qanday ta’sir qiladi? 
5. Eritib uchma-uch payvandlashda kontakt qarshiligi qaysi 
parametrlarga bog‘lik bo‘ladi? 


13
2-MA’RUZA. 
KONTAKTLI PAYVANDLASHDA METALLNI QIZDIRISH 
JARAYONLARI 
Reja 
2.1. Kontaktli payvandlashdagi elektr va harorat maydonlari 
haqida tushuncha. 
2.2. Kontaktli payvandlashda issiqlik balansi. 
2.3. Payvandlash tokini hisoblash 
2.4. Tokning shuntlanishi. 
 
Tayanch so’z va iboralar: elektr maydoni, harorat maydoni, 
geometrik omil, harorat omili, sirtqi effekt, yaqinlik effekti
issiqlik balansi, tokning shuntlanishi
2.1. Kontaktli payvandlashdagi elektr va harorat maydonlari 
haqida tushuncha 
 
Kontaktli payvandlashda qizish vaqtida ikkita o‘zaro 
bog‘langan maydon: elektr maydoni va harorat maydoni yuzaga
keladi. 
Harorat maydoni vaqtning turli paytlarida payvandlanayotgan 
detallarning turli nuqtalaridagi haroratlar majmuyidir. 
Elektr maydoni vaqtning turli paytlarida payvandlanayotgan 
detallarning turli nuqtalaridagi tok potensiallari yoki tok zichliklari 
majmuyidir. 
Kontaktli payvandlash uchun notekis elektr maydoni xos 
bo‘lib, bu notekislik tokning keltirilish usuliga, geometrik, harorat 
va magnitoelektr omillarga bog‘liq. 
Geometrik omil elektr kontaktlar o‘lchamlari, odatda detallar 
o‘lchamlaridan ancha kichik bo‘lishi bilan, shuningdek tokning 
shuntlanish hodisasi bilan bog‘liq. 
Harorat omili turli haroratlargacha qizigan metallning har xil 
qarshilliklarida namoyon bo‘ladi. O‘tayotgan tok o‘tkazuvchanligi 
kam bo‘lgan ko‘proq, qizigan joylarni chetlab o‘tadi. 


14
Sirtqi effekt va yaqinlik effekti namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq, 
bo‘lgan magnitoelektr omil elektr maydonining turiga kam ta’sir 
qiladi, ammo yuqori chastotali toklar bilan payvandlash bundan 
mustasnodir. Qizish davomida elektr maydonining shakli uzluksiz 
o‘zgarib turadi. Quyma o‘zak paydo bo‘lishi bilan uning erish 
joyida tokning zichligi kamayadi, chunki bu joyda qarshilik eng 
katta bo‘ladi. 
Detallardagi elektr maydoni quyidagi differensial tenglama 
bilan ifodalanadi: 
0
1
1
1

























r
r
r
r
z
z






Bu tenglamada detalning har bir nuqtasidagi ρ ning haqiqiy 
qiymati hisobga olinadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling