Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

KONTAKTLI PAYVANDLASHDAGI ELEKTR 
QARSHILIK 
 
Reja 
1.1. Kontaktli payvandlashda issiqlik manbalari 
1.2. Tegish qarshiliklari
1.3. Detallarning o‘z qarshiligi 
1.4. Payvandlash joyidagi umumiy qarshilik 
Tayanch so’z va iboralar: Joul-Lens qonuni, issiqlik manba, 
umumiy qarshilik, aktiv qarshilik, tegish qarshilik, detallarning o‘z 
qarshiligi 
1.1. Kontaktli payvandlashda issiqlik manbalari 
 
Kontaktli payvandlashda detallar payvandlash joyi orqali 
o‘tkaziladigan elektr toki bilan qizdiriladi.
Joul-Lens qonuniga muvofiq, elektr zanjirning aktiv qarshiligi 
R
EE
elektrodlar orasidagi qismida Q
EE
issiqlik ajralib chiqadi, shu 
tufayli metall payvandlash joyida zarur haroratgacha qiziydi. 
Payvandlashda issiqlik ajralish sharoiti uzluksiz o‘zgarib 
turadi, chunki R
EE
va I
pay
o‘zgaradi, shu bois Joul-Lens qonuni 
ushbu hol uchun differensial shaklda ifodalanadi: 
Q
EE


pay
t
EE
pay
dt
t
R
t
I
0
2
)
(
)
(

Nuqtali va chokli payvandlash uchun R
EE
detal - detal R
DD
elektrod – detal R
ED
tegish qarshiliklari va detallar metallining o‘z 
qarshiligi R
D
dan iborat bo‘ladi: 
D
ED
DD
EE
R
R
R
R
2
2




Uchma-uch payvandlashda qiymati kichikligi va tegish 
joyidan ancha uzoqdaligi uchun R
ED
qarshilik umumiy qarshilikda 
hisobga olinmaydi:


5
D
ED
EE
R
R
R
2



1.1-rasm. Payvandlash joyining umumiy qarshiligi:
a – nuqtali payvandlashda; b – uchma-uch payvandlashda; d – 
payvandlash joyining ekvivalent elektr zanjiri. 
Kontaktli 
payvandlashda 
qizdirishning 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlari: 
1) aktiv qarshilik nisbatan uncha katta bo‘lmaydi; 
2) tegish qarshiligi mavjud bo‘ladi; 
3) qizish vaqtida issiqlik elektrodlar va atrofdagi metall orqali 
jadal chiqib ketadi; 
4) tok o‘tadigan kesim ancha o‘zgarib turadi. 
Qizish sharoitiga harorat ko‘tarilishi, qattiq eritmalar hosil 
bo‘lishi yoki parchalanishi, plastik deformatsiya, sirtqi effekt va 
hokazolar oqibatida metallning solishtirma qarshiligi o‘zgarishi 
kuzatiladi va bu ham o‘z navbatida ta’sir ko‘rsatadi. 
Kontaktli payvandlashda umumiy qizishga Pelte effekti ta’sir 
qiladi. Effektning mohiyati quyidagilardan iborat: metallarda 
elektronlarning o‘rtacha energiyasi har xil bo‘ladi va uning 
qizishda o‘zgarishi ham turlicha bo‘ladi. Bu energiya qattiq, toza 
erigan holatdagi metallarda har xil bo‘ladi. Agar har xil yoki qattiq 
yoki erigan holatdagi metallarning tegish joyi (kontakt) orqali 
elektr toki o‘tkazilsa, u holda elektronlarning o‘rtacha 
energiyasiga qarab tegish joyida issiqlik yutiladi yoki ajralib 
chiqadi. 


6
Pelte issiqligi I
pay
va t
pay
ga mutanosib bo‘ladi. Bu issiqlikning 
energiyaning umumiy balansidagi ulushi odatda 5-10 % dan 
ortmaydi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling