23
3-MA’RUZA.
KONTAKTLI PAYVANDLASHDA METALLNING
PLASTIK DEFORMATSIYALANISHI
Reja
3.1. Plastik deformatsiyaning ahamiyati
3.2. Nuqtali payvandlashdagi plastik deformatsiya
3.3. Nuqtali payvandlashdagi payvandlash kuchini hisoblash
3.4. Chokli va relyefi payvandlashdagi plastik deformatsiya
3.5. Uchma-uch
payvandlashda
metallning
plastik
deformatsiyalanishi
Tayanch so’z va iboralar: plastik deformatsiya, payvandlash
kuchi, me'yoriy zo‘riqish, hajmiy deformatsiya
3.1. Plastik deformatsiyaning ahamiyati
Metallning plastik deformatsiyalanishi asosiy jarayonlardan
biri bo‘lib, birikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Bu
hodisani tashqi omillar - elektrodlar tomonidan bo‘ladigan kuch va
ichki omillar - payvandlash joyining metali erkin bo‘lmagan tarzda
kengayganda yuzaga keluvchi zo‘riqishlar keltirib chiqaradi.
Metallarning plastik deformatsiyalanishi
butun payvandlash
jarayoni mobaynida, ya’ni sovuq tegish joyi shakllanishidan tortib
to birikma cho‘kichlangunga qadar yuz beraveradi.
Plastik
deformatsiya
jarayoni
qizish
jarayoni
bilan
chambarchas bog‘langan. Jumladan tok tasodifan kattalashganda
va harorat ko‘tarilganda plastik deformatsiyaga qarshilik pasayadi,
bu esa tegish
yuzasi kattalashuviga, tokning zichligi kamayishiga,
qizish jadalligi pasayishiga hamda o‘zakning harorat maydoni va
o‘lchamlari ma’lum darajada barqarorlashuviga olib keladi.
Deformatsiyalanadigan metallning
hajmiga qarab yuzaning
tegish joyi relyefining mikroplastik deformatsiyalanishi va
payvandlash joyi metali ancha
qismining hajmiy plastik
deformatsiyalanishi
farq
qilinadi.
Payvandlashda
plastik
24
deformatsiyaning asosiy vazifasi elektr kontaktni shaklantirishdan,
erigan metallning chayqalib to‘kilishidan saqlash uchun plastik
belbog‘ hosil qilishdan va payvandlash tokining ichki tegish joyida
tarqalishini
cheklashdan, sovish bosqichida metallni zichlashdan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: