Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
2.1-rasm. Nuqtali payvandlashdagi elektr maydoni.
Harorat maydoni odatda z o‘q, orqali o‘tuvchi kesimda joylashgan izotermalar bilan ifodalanadi. Maydonning z o‘qqa nisbatan simmetrikligi tufayli detallarning yuzalariga parallel kesimlarda izotermalar aylana shaklida bo‘ladi. Dastlab maydon qattiq metallda paydo bo‘ladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng (0,3–0,5)t pay detal-detal tegish joyi atrofida quyma o‘zak yuzaga kela boshlaydi, bu yerda tokning zichligi eng yuqori darajaga yetadi va elektrodlar 15 bilan issiqlik almashinuvi kam ta’sir qiladi. Tok o‘tgani sayin o‘zak z va r o‘qlar yo‘nalishida kattalashib boradi. Nuqtali payvandlashda harorat maydoni Fur’ening issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamasi bilan ifodalanadi. Metallning issiqlik sig‘imi va zichligi haroratga bog‘liq bo‘lmasa, bu tenglama quyidagi ko‘rinishni oladi: c j r r T r T r z T z c t T 2 1 Tenglamaning chap qismida birikmaning istalgan nuqtasida haroratning o‘zgarish tezligi, o‘ng qismida detal ichidagi issiqlik o‘tkazuvchanlik bilan issiqlik almashinuvini hisobga oluvchi xususiy hosilalar yig‘indisi berilgan, ) /( 2 c j qo‘shiluvchi esa detallarning o‘z qarshiligi orqali j zichlikdagi tok o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan issiqlik manbai ta’siri hisobiga harorat ko‘tarilishini ifodalaydi. Issiqlik masalasini yechishda bir qiymatlilik shartlari – boshlang‘ich va chegaraviy shartlarni ham hisobiga olish lozim. 2.2-rasm. Kam uglerodli po‘llatni nuqtali payvandlashda payvandlash toki ulangich paytdagi elektr maydoni. 16 Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda elektr va harorat maydonlari tegish qarshiligi va elektrodlardan chiqib turuvchi detallarning qarshiligi bilan aniqlanadi. Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda tegish qarshiligi qizish vaqtida tez yo‘qoladi, eritib uchma-uch payvandlashda esa butun qizish davri mobaynida mavjud bo‘ladi. 2.3-rasm. Uchma-uch payvandlashning oxirida haroratning po‘lat detallar bo‘ylab taqsimlanish sxemalari: a – haqiqiy taqsimlanish; b – hisoblangan taqsimlanish (l – o‘rnatilgan uzunlik); T erish – erish harorati; T pay – qattiq fazadagi payvandlash harorati; A - qarshilik bilan payvandlash; B – qizdirgan holda eritib payvandlash; D – uzluksiz eritib payvandlash. Elektr va harorat maydonlarining turiga oldindan qizdirish bosqichi, zalvorli detallarni payvandlashda esa sirtqi effekt ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling