Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Qumoqli aluminiy kukuni (QAK)ni payvandlash
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.8. G‘ovakdor qumoqli materiallarni payvandlash
9.7. Qumoqli aluminiy kukuni (QAK)ni payvandlash
Bunday materiallarni biriktirish katta muammo hisoblanadi, chunki o‘zakdagi erigan metallning qovushoqligi nihoyatda yuqori bo‘ladi. Sirtqi oksidlar aralashib ketmaydi va detallar orasida qolib ketadi. Birikma hosil bo‘lmaydi. Bunga aluminiy asosan va qiyin eriydigan dispers Al 2 O 3 zarralaridan (6–12%) tashkil topadigan materialning termik barqarorligi juda yuqoriligi sabab bo‘ladi. Listlar texnik aluminiy yoki AMг turidagi qotishmalar bilan qoplangandan keyin payvandlanuvchanligi keskin yaxshilanadi. Birikma ikkita qoplama qatlam erishi hisobiga hosil bo‘ladi (9.5- a rasm). Ayni vaqtda yupqa suyuq chokka yaqin joylashgan QAK qatlamlari o‘tib birikmaning issiqqa chidamliligini oshiradi. b 82 siklogrammadan foydalaniladi (7.1-rasmga qarang). Qoplangan QAK boshqa aluminiy qotishmalari bilan yaxshi payvandlanadi. O‘ziga xos birikma yuzaga keladi: oddiy qotishmada suyuq yarim o‘zak hosil bo‘ladi, QAK tomonda esa faqat qoplama suyulib, yarim o‘zak bilan aralashadi (9.5- rasm, b). 9.5-rasm. Qumoqli aluminiy kukunidan ishlangan qoplamali listlarni nuqtali payvandlab biriktirish: 1 – qoplama qatlamlar; 2 –T erish izotermasi; 3 – chok. 9.8. G‘ovakdor qumoqli materiallarni payvandlash Detallarda ko‘ndalang parron darzlar mavjudligi bunday materiallarni biriktirishni qiyinlashtiradi. Darzlar nuqtali bir-birini qoplagan joylarda o‘zak chetidan boshlab kengayib boradi. Bunga payvandlash joyidagi cho‘zuvchi zo‘riqishlar kattaligi va g‘ovakdor materiallarning mexanik tavsiflari pastligi sabab bo‘ladi. Qumoqli metall kukunlaridan (korroziyabardosh po‘latlar, temir, bronzalar va hokazolar asosida olingan) tayyorlangan, g‘ovakdorligi 25–30% hamda qalinligi 0,3–2 mm bo‘lgan tasmalar, listlar a siklogramma (7.1-rasmga qarang) va b siklogrammadan (7.3-rasmga qarang) foydalanib, nuqtali va choqli payvandlab biriktiriladi. Ularning darz ketishga moyilligi nuqtali payandlashda nuqtalar o‘rtasidagi oraliqni oshirish (ichki zo‘riqishlar kamayadi), chokli payvandlashda esa, aksincha, nuqtalarning bir-birini qoplashini 60% gacha oshirish hamda uzluksiz quyma zona hosil qilish (yaxlit chok g‘ovakdor materialdan 8–10 baravar mustaxkamroq bo‘lib, darzlarning kengayishi to‘xtash) orqali kamaytiriladi. Ixcham folgadan qilingan qoluvchi yupqa ustqo‘ymalardan foydalanish ham 83 samaralidir (9.6-rasm), ular birikmaning mustahkamligi va ishonchiligini oshiradi. 9.6-rasm. G‘ovakdor po‘latni ustqo‘malardan foydalangan holda chokli payvandlash: a – payvandlashdan oldin; b – payvadlashdan so‘ng. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling