81
9.6. Katta qalinlikdagi detallarni payvandlash
Detallarda 10 mm dan qalin bo‘lganda qator qiyinchiliklar
yuzaga keladi: ilgari payvandlangan nuqtaga tok ko‘proq
shuntlanadi, elektrodlarning ish yuzasi
kuchli qiziydi va eziladi,
o‘zakda yirik cho‘kish nuqsonlari paydo bo‘lishiga moyillik
yuzaga keladi. Bundan tashqari, yuzaga ishlov berish va detallarni
aniq yig‘ish zarurligi qo‘shimcha muammo bo‘ladi.
Yuzaga
aylanuvchi cho’tkalar yoki pitra bilan ishlov beriladi. Yig‘ish
ishlari kuchli qismalari va fiksatorlari bo‘lgan moslamlarda olib
boriladi.
Shuntlanishni
kamaytirish
uchun
nuqtali
payvandlash
oshirilgan qadam bilan amalga oshiriladi. Masalan, 10 mm
qalinlikdagi konstruksion po‘latlardan
yasalgan detallar uchun
t
q
=100–120 mm bo‘ladi. Elektrodlar haroratini pasaytirish uchun
qattiq rejimlardan yoki o‘zgarmas
payvandlash toki bilan
pulslanuvchi qizdirishdan foydalaniladi. Bunday sikl ish
yuzasining o‘rtacha haroratini pasaytiradi (to‘xtam
vaqtida
elektrodlarning sovishi evaziga) va ayni paytda issiqlikni
detallarning payvandlanadigan tegish joyida to‘playdi. Cho‘qish
nuqsonlarining
oldini olish uchun F
ch
dan foydalaniladi (7.1-
rasmdagi b siklogramma).
Do'stlaringiz bilan baham: