Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Kontaktli payvandlash mashinalarining payvandlash


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

10.5. Kontaktli payvandlash mashinalarining payvandlash 
konturi 
Payvandlash konturi tok keltiruvchi qismlar va elektr 
kontaktlar tizimi bo‘lib, transformatorning ikkilamchi o‘ramidan 
payvandlanayotgan detallarga tok kelishini ta’minlaydi.
Nuqtali payvandlash mashinalarida kontur konsollar, elektrod 
tutqichlar, egiluvchan va qattiq shinalar, elektrodlar hamda qator 
boshqa qismlardan iborat bo‘ladi. 


95
Payvandlash konturi qismlarining o‘lchamlari va tuzilishi 
mashinaning turi, payvandlash toki, siqish kuchi, ish bo‘shliqlari 
l va h ga bog‘liq. Transformator eletkrodlardan qancha uzoqda 
joylashgan bo‘lsa, quloch l shuncha katta va ushbu mashinada 
siljitmasdan payvandlash mumkin bo‘lgan detallarning 
o‘lchamlari shuncha katta bo‘ladi. Ammo quloch l va ochilish 
darajasi h ning kattaligi ortib borishi ikkilamchi konturning 
qarshiligi hamda tarmoqdan olinadigan quvvatning ortishiga 
sabab bo‘ladi. Shu bois l mashinaga oid standart yoki texnik 
shartga mos kelishi, ya’ni, masalan 300, 500, 800, 1200, 1500, 
1700 mm bo‘lishi kerak. 
10.7-rasm. Nuqtali payvandlash mashinasining payvandlash konturi: 
1 – elektrodlar va elektrod tutqichlar; 2 – yuqori konsol; 3 –
yuqorigi burchaklik; 4 – egiluvchan shina; 5, 11 – qattiq yukorigi va 
pastki shinalar; 6, 10 – yuqorigi va pastki oraliq burchakliklar; 7, 9 –
ikkilamchi o‘ram; 8 – payvandlash transformator; 12 - pastki konsol. 
Yuqorigi konsol yo silindrsimon kalta sterjen ko‘rinishida, 
yoki elektrod tutkich mahkamlanadigan uyali qattiq (bikr) shina 
ko‘rinishida tayyorlanadi. Egiluvchan va qattiq shinalar orqali 
yuqorigi konsol payvandlash transformatori bilan birlashtirilgan.
Qattiq shinalar yordamida transformatorga biriktirilgan 
pastki konsol elektrod tutkinchga tok keltiradi. Kichik quvvatli 
mashinalar ulanish vaqtda siqish kuchidan tushuvchi yukni 
qabul qiluvchi qism bo‘lib, ham kronshteyn yordamida qisman 
yoki batamom yukdan holi qilinadi. 


96
Konsollar misdan, yuqori darajada tok o‘tkazuvchan 
bronzalardan silindrsimon yoki tekis shaklda, ichkaridan suv 
bilan sovitiladigan qilib tayyorlanadi. Uncha katta bo‘lmagan
mashinalarning, ayniqsa, mikropayvandlash mashinalarining 
konsollari tabiiy (havo bilan) sovitiladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling